Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Ana o‘shalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi. 87}


Download 61.23 Kb.
bet7/21
Sana16.08.2023
Hajmi61.23 Kb.
#1667608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
1-2

} Ana o‘shalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.
87} Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan payg‘ambarlarni ketma-ket yubordik. Va Maryam o‘g‘li Isoga ravshan (mo‘jizalar)ni berdik va uni Ruh-ul Qudus bilan qo‘lladik. Har qachon payg‘ambar sizning havoyu nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, ba’zilarini yolg‘onchiga chiqarib, ba’zilarini o‘ldiraverasizmi?!
88} Va ular: “Qalblarimiz g‘iloflangan”, deyishadi. Yo‘q, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni la’natlagan. Bas, ozginagina iymon keltiradilar.
89} Ularga Allohning huzuridan o‘zlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar, o‘zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lsin.
90} Ular o‘zlarini sotgan narsa, Alloh bandalaridan xohlaganiga O‘z fazlidan tushirganiga hasad qilib, Alloh tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq ham yomon. Ular g‘azabning ustiga g‘azabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
91} Agar ularga: “Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring”, deyilsa, “Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz”, deyishadi. Va undan keyingi narsaga kufr keltirishadi. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: “Agar mo‘min bo‘lsangiz, nimaga ilgari Allohning payg‘ambarlarini o‘ldirdingiz?!”
92} Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan (mo‘jiza)lar bilan keldi. So‘ngra siz undan keyin zolim bo‘lgan holingizda buzoqni (xudo) qilib oldingiz.
93} Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko‘tarib: “Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang”, deganimizni eslang. Ular: “Tingladik va isyon qildik”, dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o‘rnashtirildi. Ayt: “Agar mo‘min bo‘lsangiz sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!”
94} Ayt: “Agar Allohning huzuridagi oxirat hovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga bo‘ladigan bo‘lsa, gapingizda rostgo‘y bo‘lsangiz bas, o‘limni orzu qiling”.
95
Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling