Toshkent 2023 Arxivshunoslik fanidan amalyoti


Download 28.38 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1599710
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ARXIV


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O’zbekiston Milliy Unversiteti Tarix fakulteti

Arxivshunoslik fanidan

HISOBOTI

Bajardi Norboyeva Dildora
Qabul qildi Elbek Alisherovich
TOSHKENT 2023

Arxivshunoslik fanidan amalyoti

Reja
I Kirish


II Asosiy qisim
1 Toshkent shahar markaziy davlat arxivi
2 O’zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Milliy arxivi
3 O’zbekiston milliy arxivi
4 O’zbekiston Kinofotofono hujatlari Milliy arxiv
III Xulosa


Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi. Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1sentyabrdan O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb qayta nomlandi. 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi.Mustaqillik sharoitida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga mo'ljallangan: hujjatlami idoraviy saqlovini ta’minlash, ulaming davlat hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish. 1996-yilda “O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatai axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini orttirishga qaratilgan edi. Shu maqsadda 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi va jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlash bo‘yicha qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Masalan, “Arxivlar to‘g‘risida” (O‘zR Oliy Majlisi axborotnomasi, 1999-y. №5 (1277), 120-bet) va “Madaniy meros obyektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida” (0‘zR01iy Majlis axborotnomasi, 2001-y. № 940 (1305- 1306) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishiga oid me’yoriy hujjatlami tasdiqlash haqida” 482-sonli qaroriga asosan hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3 fevraldagi 49-sonli qaroriga (O‘R VM SP, 2004-yil mart, 474-475-betlar) binoan ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zRMAF) tarkibining tasnifi, shuningdek, hujjatlar saqlanishi tar- tibi va muddatlari ko‘rsatilgan, “O‘zarxiv” agentligi tizimiga kiradigan muassasalar tarkibi aniqlab berilgan. Mustaqillik yillari davlat arxiv muassasalari idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlami amaiga oshirdi. Ular о‘z faoliyatini 1990-yil 28-iyun- da “0 ‘zbosharxiv” qarori bilan tasdiqlangan “DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashini asosiy yo‘nalishlari (1990-1995-yillar) ning amaiga oshirishni tashkiliy-metodik tadbirlari rejasi” asosida amaiga oshirdilar.


Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling