Toshkent 2023 Arxivshunoslik fanidan amalyoti


O’zbekiston Kinofotofono hujatlari Milliy arxiv


Download 28.38 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1599710
1   2   3   4   5
Bog'liq
ARXIV

O’zbekiston Kinofotofono hujatlari Milliy arxiv
1974-yilda kino, foto-fono hujjatlar bo'limi O'zbekiston MDA tarkibidan chiqarilib, O'zSSR Kino, fotofono hujjatlar MDAga aylantirildi.
1977-yilda esa O'zbekiston SSR MDA tarkibiy tuzilmasiga qator o'zgartirishlar kirildi. Unga ko'ra:
1. Rahbariyat.
2. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo'limi.
3. Tashkilotlar arxivlari, qimmatli hujjatlarni ekspertiza qilish va turkumlash bo'limi.
4. Sovet davri muassasalari fonlarining arxiv saqlov bo'limi.
5. Inqilobgacha bo'lgan muassasalar fondlarining arxiv saqlov bo'limi.
6. Mikrofoto nusxalarning arxiv saqlov bo'limi.
7. Shaxsiy fondlar va hujjatlarning arxiv saqlov bo'limi.
8. Bosma nashrlarning arxiv saqlov bo'limi.
9. Axborot-qidiruv tizimi bo‘limi.
10. Axborot, nashr, va hujjatlardan ilmiy foydalanish bo'limi.
11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash laboratoriyasi
12. Ministrlik, tashkilot va respublika muassasalari hujjatlarini shartnoma-xo'jalik asosida tartibga solish bo‘limlari tashkil etildi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, 1991-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O'zR MDA) deb nomlandi. O'zR MDA fondlarida milliy bo'linishga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va O‘zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O'zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanib kelmoqda. O'zR MDA O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi yo'riqnomalari, qoidalari va ko'rsatmalari asosida o'z faoliyatini olib boradi. Ushbu qonun, qaror, ko'rsatmalardan chetga chiqmagan holda arxiv asosiy vazifalari belgilab olinadi.

O’zbekiston milliy arxivi
O‘zbekiston Milliy arxivi (sobiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, 2019-yildan Oʻzbekiston milliy arxivi[1]) respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi „O‘zarxiv“ agentligiga bo‘ysunadi. O‘z MA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxivi) O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markazi y davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat a rxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjuhujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;
tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;ekskursiyalarni o‘tkazish;ko‘rgazmalarni tashki etish;fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish;arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;
arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;
arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;
arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, maʼruzalarni o‘tkazish;
arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish; 1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) — Rossiya Federatsiyasi;
2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) — Janubiy Koreya;
3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti - Germaniya;
4. „Xolokost“ memorial muzeyi - AQSH;
5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi.
7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda arxiv fondlari Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan barcha Arxiv hujjatlarini toʻliq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Qonunga koʻra, hujjatlarda Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼna-viy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklarda, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolat-xonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi. Arxiv hujatlari nafaqat arxiv mulki balki butun davlat va jamiy mulki hisoblanadi uni asrash va kelajak avlodga yetkazib berish arxiv fodlarining vazifasidir.Hozirgi murakab zamon hujatlar saqlash va o’z sifatini yo’qotmasligini taminlash uchun bir qator ishlar olib borilmoqda bunday tashkilotlarning eng yirigi arxivdir.Hujatlarni yig’ish saqlash raqamlashtirish jidlash ishlari olib borilmoqda.Arxivda saqlanaydigon hujatlarning bachasi 1917 yildan beri saqlanmoqda va bu hujatlarning hammassi to’laligicha raqamlashtirilmagan.Arxivlarda saqlanaydigon hujatlar turli xil bo’lib unda tuman hokimlarining qarorlari,yer mulk hujatlari,bola asrab olish haqidagi hujatlar 1996 yildan 2004 yilga qadar ishchilarning oylik maoshlari saqlanib kelinmoqda.Xulosa qilib shuni aytaolamizki arxiv hujatlar tarixni o’rganish uchun eng asosiy manbalardan hisoblandi.U yerda saqlanaydigon hujatlarning barchasi Sovet davri va undan keyingi va Mustaqilik yillariga oid hujatlar saqlanib kelmoqda.Birgina Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga nazar solaydigon bo’lsak unda Toshkent shahar va 14 ta tuman Hokimyatning qaror va farmoishlari 1917 yildan beri saqlanib kelmoqda bazi hujatlarning saqlanish muddati doimiy bazilariniki esa 75 yilni tashkil qiladi bu hujjatning qiymatliligiga bog’liq.


ELEKTRON RESUSLAR

1 www.ziyonet.net.


2 www.history.ru
3 www.arshiv.ru
4 www.lex.uz.
5 www.nationalarchives.gov.uk
6 www.sakai.unc.edu.
7 www.cours.web.pitt.edu
Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling