Toshkent-2023 Mavzu: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi Reja


Download 35.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi35.51 Kb.
#1564272
Bog'liq
O\'ralov Atxamjon 1


Ta’limda Axborot texnalogiyalari fanidan.



MUSTAQIL ISH

Mavzu: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi.

Bajardi: O’ralov Atxamjon.
Qabul qildi: Sharipova Zulfiya.

Toshkent-2023
Mavzu: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi
Reja:


  1. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda ularni takomillashtirishning dolzarb masalalari

  2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining xuquqiy asoslari.

Kirish
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda ularni takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama etildi


Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, OAV vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlardan tashrif buyurgan Bosh prokuratura huzuridagi Oliy o‘quv kurslarining tinglovchilari ishtirok etgan ushbu tadbirda mamlakatimizda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama etildi.
Seminarda so‘z olganlar e’tirof etganlaridek, bugun dunyo miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal sur’atda rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ham mazkur zamonaviy tarmoq hayotimizning barcha jabhalariga tobora kengroq kirib bormoqda. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan ishlab chiqilib, qabul qilingan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning 2002-2010 yillarga mo‘ljallangan dasturini amaliyotga tatbiq etish borasida erishilayotgan natijalar shundan dalolatdir.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda istiqlol yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza shakllantirildi. Zamonaviy talab va standartlar hamda konstitutsiyaviy tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Radiochastotali spektr to‘g‘risida»gi qator qonunlar va keng qamrovli qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek, ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish izchillik bilan ilmiy asoslangan holda olib borilmoqda. Bunda O‘zbekistonda amal qiluvchi qonun hujjatlari, chet el qonunchiligi tajribasi, shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari hisobga olinib, ushbu soha faoliyatini taraqqiy ettirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi.
Ishtirokchilar axborotlashtirish tizimida axborot xavfsizligini ta’minlashning texnik va texnologik xususiyatlari, tergov jarayonida foydalaniladigan yangi va kelajakda amaliyotga joriy etiladigan ilg‘or texnologiyalar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, tadbir davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyat va huquqbuzarlik masallalari bo‘yicha Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda nazarda tutilgan normalarning mazmun-mohiyati ustida ham to‘xtalib, keng sharhlandi. Jumladan, Jinoyat Kodeksining 167, 169-moddalarida «Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar», Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 151, 156-moddalarida esa, «Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish», «Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish», «Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish» kabi choralar belgilab qo‘yilgan.
Ayni kunlarda ham Qo‘mita a’zolari tomonidan ushbu sohada, huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish maqsadida bir qator yo‘nalishlarda qonun ijodkorligi ishlari olib borilayotganligi seminar ishtirokchilariga ma’lum qilindi.
Muhokamalar jarayonida seminar ishtirokchilari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimi bilan bog‘liq, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishining huquqiy-iqtisodiy asoslari
Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.
O‘ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
MOBIL ALOQABugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.
GLOBAL AXBOROT TIZIMI
Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
ELEKTRON RAQAMLI IMZO
Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Elektron hukumat
O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqdaO’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02 iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
— davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
— mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
— zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
— davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
— mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
— zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
— davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;
— Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
— shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish;
— malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish;
— 2018 yilga qadar mazkur yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.
O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda,Ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston o’z strategik yo’lini belgilab bo’lgan va ushbu yo’lda ko’pdan ko’p ishlar amalga oshirilmoqda.Men aynan shu ishlar haqida eng so’ngi malumotlarni bermoqchiman

2019-yil 31-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.


Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilning 9-oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi.
Majlisda Qo‘mita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan.
Jumladan, chet el investorlarini dasturiy mahsulotlar sohasida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT haftaligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” AKT forumi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi xorijiy mamlakatlar (Belarus va Hindiston) oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma fakultetlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar talaba bo‘ldi.


Bundan tashqari, 1-band bo‘yicha investitsiya dasturi doirasida III-IV choraklarda bajarilishi lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini kengaytirish va rivojlantirish”, “Magistral va multiservis transport tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan kelib chiqib, bir qator tavsiyalar bildirildi. Xususan, magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni respublikaga keltirish va joylarda o‘rnatish ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yilda optik tolali aloqa liniyalari qurilishini 10 ming kilometrga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi, bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.
29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.

O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.


Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.4 sentabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim masalalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi.
Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada qolib ketishimiz mumkin. 14 sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga tushirdik. Keyin «O‘zekspomarkaz»da xuddi shu jarayon o‘tkazildi. U yerda 5G tarmog‘iga ulangan smartfon, kompyuterlar namoyish etildi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim qilishdan oldin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma sotib olishimiz kerakligi, qancha mablag‘ ketishi masalalari ham bor», deydi Zufarov.Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor vazifalari belgilab berilgan.


Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16 foiz) 330 ta qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 962 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta baza stansiyalari o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi “Obod qishloq” dasturi doirasidagi hududlarga to‘g‘ri keladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi.

Xulosa
Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.


Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Экономическая информатика -учебник / под ред. И.П. Koсарев и
Л.В. Еремина -M –Финансы и статистика, 2002, стр. 523-563
2. А.А.Козырев Информационные технологии в экономике и управлении. Учебник / 2000
3. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с.
4. А.Г. Юркин. Задачник по программированию. Учебное пособие. Питер.Минск:2002.
5. Ричард, Хезфилд, Лоуренс-Кирби. Искусство программирования на С. ДиаСофт Питер:2001.
6. Экономическая информатика -учебник / под ред. В.П. Косарев и Л.В. Еремина -М -Финансы и статистика, 2002, ст. 523-563
10. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов. Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с.
11. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar. Toshkent 2005- y.
Download 35.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling