Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit
Download 6,23 Mb. Pdf ko'rish
|
Revmatoid artrit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi
Sаnаtоr-kurоrt dаvо.
Sаnаtоr-kurоrt dаvоni RАning bo‘g‘im shаklidа kаm fаоllik dаrаjаsidа vа nоfаоl dаvridа o‘tkаzish mumkin. Revmatoid artrit bo‘g‘imlаrdа kuchli o‘zgаrishlаrsiz kеchgаnidа, оg‘riqli vаriаntlаridа tаbiiy rаdоnli bulоqli kurоrtlаr tаvsiya etilаdi. Prоlifеrаtiv o‘zgаrishlаr dеfоrmаsiyalаr vа kоntrаkturаlаr bilаn kuzаtilgаnidа bаlchiqli kurоrtlаr mаqsаdgа muvоfiq bo‘lаdi. Revmatoid artritning jаdаllаshuvchi kеchishidа, ekssudаtiv bеlgilаri bоsilgаndаn kеyin sеrоvоdоrоdli bulоqli kurоrtlаr tаvsiya etilаdi. 32 Sаnаtоr-kurоrt dаvо revmatoid artrit vissеritlаr bilаn kеchgаnidа, psеvdоsеptik shаklidа, yallig‘lаnish jаrаyonining yuqоri fаоlligidа, o‘z-o‘zigа хizmаt ko‘rsаtish ilоji bo‘lmаgаnidа tаvsiya etilmаydi. Profilaktikasi Surunkali infektsiya o‘choqlarini bartaraf etish, organizmni chiniqtirib borish, organizmda allergic xolatni yuqotish, xastalik qaytalanishi va zo‘rayishining oldini olish, bo‘g‘imlarning funktsional xolatini va bemorning mehnat qobiliyatini tiklashdan iborat. Homiladorlik Revmatoid artrit bilan xastalanganlarning 75% dan ortiq’ida homiladorlik davrida kasallik belgilari yaxshilanishi kuzatiladi, lekin tug‘ruqdan so‘ng kasallik alomatlari zo‘rayishi mumkin. Methotrexate va Leflunomide teratogen (xomila uchun zararli) bo‘lgani uchun homiladorlik davrida qo‘llanilmaydi. Reproduktiv (tug‘ish yoshidagi) ayollarga homiladorlikning oldini olish uchun kontratseptiv vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar homiladorlik rejalashtirilgan bo‘lsa, yuqoridagi dori vositalari to‘xtatiladi. Kam dozada prednisolon, hydroxychloroquine va sulfasalazine revmatoid artrit bilan og‘rigan homiladorlarga xavfsiz sanaladi va davolashda qo‘llaniladi. 4. Amaliy qism Mashg‘ulotning bu qismi bemorlarni terapiya yoki revmatologiya bo‘limlarida kuratsiya qilishga bag‘ishlanadi. Dastlab o‘qituvchi revmatoid artritli bemorni talabalar bilan birgalikda klinik tahlil qiladi. So‘ngra esa mustaqil kuratsiya uchun bemorlarni talabalarga bo‘lib beradi. Kuratsiya so‘ngida esa talabalar berilgan bemorlarni bayon etishadi va bunda o‘zlashtirgan amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishadi. Pedagog esa kafedrada ishlab chiqilgan me'zonlarga asoslanib, bu ko‘nikmalarning qadamma-qadam o‘zlashtirishini baholaydi. Download 6,23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling