Toshkent-2023 Sun'iy qopJamaJarni vertikal rejalashni JoyihaJash xususiyatJari


Qoplama yuzasining balandlik holati va ko'ndalang profili


Download 388.78 Kb.
bet2/2
Sana30.03.2023
Hajmi388.78 Kb.
#1309754
1   2
Bog'liq
16-22

Qoplama yuzasining balandlik holati va ko'ndalang profili
Qoplamalar yuzasidan suvni qochirish uchun ko'ndalang profilga ahamiyat beriladi. Bu - bir tomonga yoki ikki tomonga nishab qilish demakdir, ya'ni ko'ndalang profil bir nishabli yoki ikki nishabIi qilib quriladi. Ko'ndalang nishablik sun'iy qoplama konstruktsiyasi va profilning turiga qarab tanlanadi. Yuzada notekisliklar qanci.a ko'p bo'lsa, suvning oqib ketishi shunchalik yomonlashadi. Shuning uchun g'adir-budir yuzalarda (masalan, chaqiq tishli, grunt va chaqiq toshli, grunt va mayda toshli) ko'ndalang nishablik katta olinadi. Ko'ndalang nishablik, shuningdek, qoplama yuzasidan suvni qochirish usuliga ham bog'liq. Bir nishabli qoplamada qiyali k ancha uzun bo'ladi (qoplama qirrasidan ariqqacha), shuning Uchli ko'ndalang nishablik katta bo'lishi kerak. Ikki nishabli qoplamada, qiyalik kaitaroq, suv o'tadigan masofa kichik, tez oqib ketad i. dcmak, ko'ndaIang nishablik ham kamroq bo'lsa kifoya qiladi.
Ko'ndalang nishablikni tanlayotganda HK ko'tarilishi va qo'nishi uchun qulaylikni ham unutmaslik kerak.
SUQT da kO'ndalang nishablik RY, TJ va perronlardagiga qaragada kichikroq bo'ladi.
Ko'ndalang profil turini tanlayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur. SUQT ning ko'ndalang profili ikki nishabli va qirra si simmetrik joylashgan bo'lgani ma'qul (11.4-a rasm).
Agar mavjud yuza nishabligi 0,01 dan ortiq bo'lsa, bir nishabli SUQT qurish ruxsat etiladi.
Nishabligi katta qiyalik yerda ikki nishabli qoplama qurilsa, pastki chetini ancha ko'tarish lozim. Tepa tomonida esa gruntli tarnov quriladi, shunda qoplama yuzasini suv bosmaydi. UT chegaralarida gruntli tarnov qilish uchun uni texnik-iqtisodiy dalillash va gidrogeologik, gidrologik va muhandis-geologik sharoitlar hisobga olinishi kerak (11.4-b rasm). Joyning ko"ndalang nishabligi katta bo"lsa. bir nishabli profil tanlash maqsadga muvofiq (11.4-d rasm). Ko’ndalang nishablik kattalashsa, ko’tarma qilish ishi ko·payadi. Bu ishni yengillatish uchun qoplamaning yuqori tomonida grunt tarnov qaziladi (11.4-e rasm).




Demak, ko'ndalang profilining turi loyihalanayotgan aeroport toifasiga va joyning muayyan sharoitlariga bog'liq.
SUQT da asosan ikki nishabli simmetrik profil tanlanadi (11.5- rasm). Bitta SUQT da bir va ikki nishabli ko'ndalang profil bo'lishi ham ruxsat etiladi.
Ikki nishablikdan bir nishablikka, yoki aksincha. bir nishablikdan ikki nishablikka o'tish zaruriyati texnik-iqtisodiy hisoblar bilan dalillangan bo'lishi kerak. Ikkitadan bittaga o’tishda qoplama qirrasi o'rtadan chetga suriladi (l1.6-rasm). Bu holda simmetrik bo'lmagan ikki nishabli ko'ndalang profil ko'rilgan. Ba'zan quyi toifali aerodrom qurishda yoki beton yotqizuvchi mashinalarning qamrovi plitalarni ko'ndalang yotqizish uchun yetarli bo'imasa, shunday profil turini butun SUQT uchun tanlanishi mumkin. Joyning ko'ndalang nishabligi qancha katta bo'lsa, qirra shuncha ko'p suriladi.


Biroq, shuni ham hisobga olish kerakki, nosimmetrik ikki nishabli ko'ndalang profil qurilish texnologiyasini, HK lari ko'tarilishi va qo'nishi sharoitlarini murakkablashtiradi, shu sababdan uni alohida vaziyatlarda, tegishli texnik-iqtisodiy hisoblar bilan qurish kerak.
Rullash yo'lIari (RY) ning eni SUQT ga qaraganda kichik bo'ladi, yerusti suvlarining undan oqib ketishi oson. HK lari RY da kichik tezlikda yuradi. Shu sabablarga ko'ra RY va TJ ning yuzasi shakliga bo'ladigan talablar SUQT ga qaraganda qattiq emas. Ularni ikki va bir nishabli qilib qurish mum kin (l1.5-rasm).
Sun'iy qoplamalar relyefini loyihalashda eng muhim element bO'ylama profil hisoblanadi. Uni loyihalashda loyiha yuzaning tanlangan balandligiga qarab, nishablik va egrilik radiuslari me'yorlaridan kelib chiqiladi. Yaxshi ko'rinib turishi uchun bO'ylama profilni masshtab qoidalaridan chiqib aks ettiriladi: TID bosqichida 1:5000 gorizontal masshtab, 1:100 vertikal masshtab, ishchi loyihada 1:12000 gorizontal masshtab, 1:50 vertikal masshtab.

Qoplamaning bo'ylama profilini SUQT o’qiga nisbatan loyihalaganda quyidagi qoidalardan kelib chiqiladi:
I. SUQT ning bo'ylama profili ko'rinishi mavjud yuzaning relyefiga ko'p jihatdan bog'liq. BO'ylama profilni loyihalashda mavjud tabiiy yuzaga yaqinlashish tamoyilini qo'llaganda va o'rab oluvchi siniq chiziqlar bilan tasvirlanadi (I1.7-rasm).
2. Loyihaviy profildagi siniqlarni mavjud yuzadagi siniqlar va piket nuqtalar bilan ustma-ust tushirish kerak. Shundan ishlar oson ko'chadi. Siniqlar soni kam bo'lishi kerak. Ayniqsa, loyiha profilning nishablikni teskariga o'zgartiradigan siniqlari maqsadga muvofiq emas (bunday hoI suv ayirg'ichlarda, talveglarda, SUQT trassasi bilan kesishganda uchraydi).
Bo'ylama profil to'lqinsimon bo'lganda (talveglar va suv ayirg"ichlardan o'tish joyida) SUQT bo’ylama qo'shni siniqlarining orasidagi masofa L - quyidagi shartga javob berishi kerak:

bu yerda - vertikal egrilikning eng kichik radiusi: I1; I2: - SUQT elementlarining qo'shni siniqlaridagi bo'ylama nishabliklarning algebraik ayirmasi.
Download 388.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling