Abu Rayhon Beruniy o‘n uch-o‘n to‘rt yil Hindistonda umr kechirgan. Muallif o‘z asarida hind tafakkurining turli-tuman soha larini qamrab olishga harakat qilgan. Asarda ularning fani, tarixi, diniy kitoblari va eʼtiqodlari, jon, modda, bu dunyo, narigi dunyo haqidagi tushunchalari, hatto hind tili, grammatikasi, yozuvi, folklori, ulardagi yozma yodgorliklar, sheʼriyat, falsafasidagi rang-barang tarmoqlar va boshqa ko‘p masalalar qamrab olingan. Beruniy asarida hindlarning aniq fanlari haqida ham ancha chuqur fikr yuritadi, yer, osmon, umuman, olam tuzilishi haqida ularning tushunchalari bayon etiladi. Asarning bir qancha bobi zamon va vaqt, olamning paydo bo‘ lishi masalasi, kun, oy va yillarning bo‘laklari, ular haqidagi tushun chalarga bag‘ishlangan. Hindistonning mashhur davlat arbobi Javoharlaʼl Neru Beruniyning bu asarini hurmat-ehtirom bilan tilga oladi. "Hindiston", "Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi") — Beruniyning tarixiy asari. 1030-yilda Hindiston xalqlari tarix turli sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik, geografiya, etnografiya, qonun va urf-odatlar, din, dipiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari va boshqalar)ga bagʻishlab arab tilida yozilgan. Asar 80 bobdan iborat. Beruniy oʻz asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan koʻpgina man-balardan foydalangan. Bu asar Gʻarb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. "Hindiston"ning arabcha matni 1887-yilda, uning inglizcha tarjimasi 1888-yilda nemis olimi E.Zaxau tomonidan Londonda nashr etilgan. 1958-yil "H."ning arabcha matni Haydarobodda, 1963-yilda rus tilida, 1965-yil oʻzbek tilidagi tarjimasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida nashr etilgan. Asar hind madaniyati tarixini yori-tishda muhim manba hisoblanadi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |