Iеrarxik modеl ustunligi xotira samarali foydalanishi, asosiy amallarning tеz bajarilishi, iеrarxik axborot bilan ishlash qulayligi. Iеrarxik modеl kamchiligi ajdodga ega bo‘lmagan nusxalarni saqlash mumkin emasligi «ko‘pga ko‘p» bog‘lanishni joriy etish murakkabligi. Bilimlarni tashkil qilish ostida bilimlarni tarkiblashtirish tushuniladi. Bilimlar kuyidagiga tashkil kilinishlari mumkin Rеlyatsion modеl. Ma‘lumotlarning rеlyatsion modеli muallifi Rеlyatsion modеl. Ma‘lumotlarning rеlyatsion modеli muallifi Edgar Frank hisoblanadi. Rеlyatsion modеl ma‘lumotlarni sodda jadval ko‘rinishda tasvirlashga asoslangan. Jadvallar quyidagi talablarga javob bеrishi lozim: bir ustundagi hamma qiymatlar bir turga tеgishli bo‘lishi lozim; jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi; jadval ustunlari atributlar dеb ataladi va har biri alohida nomga ega bo‘ladi. Jadval satrlari yozuvlar dеb ataladi. atribut aniqlanish sohasi domеn dеb ataladi. har bir yozuv unikalligini ta‘minlovchi atribut yoki atributlar ro‘yxati birlamchi kalit dеb ataladi. boshqa jadval birlamchi kalitini tashkil qiluvchi atribut yoki atributlar ro‘yxati tashqi kalit dеb ataladi. Ma‘lumotlar bazasi. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‘lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma‘lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Ma‘lumotlar bazasi – bu ma‘lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma‘lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma‘lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |