Toshkent amaliy fanlar universiteti yordamchi tarix fanidan mustaqil ish mavzu
Download 26.45 Kb.
|
Abdullayeva mustaqil ish 3
Oy-Quyosh kalendari. Dehqonchilik xo’jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig’ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zamr ediki, bu narsa Oy fazalarining o’zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog’liq edi. Shuning uchun ham oy-quyosh kalendariari tuzila boshlandi. Oy-quyosh kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina murakkabdir. Hozirgi kunga kelib, Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan. Yunoniston kalendariari. Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida Oy-quyosh kalendari tuzildi. Bu davrda har bir polis o’z kalendarini ishlab chiqadi. Ular bir-biriga mos kelsa-da, har bir kalendaming afzallik tomonlari bor edi. Ular bir yilni har biri Yangi Oy bilan boshlanadigan o’n ikki oyga boMib chiqdi. Kalendami fasllarga moslashtirish uchun qo’shimcha o’n uchinchi oy ham joriy qilingan.Yunon istonning turli shaharlarida oy laming o’z nomlari bo’Isa-da, Afina kalendaridagi oy nomlari birmuncha keng tarqaldi. Ular:Gekatombeon (iyul) Metageytnion (avgust) Boedromion (sentabr) Pianepsion (oktabr) Memakterion (noyabr) Poseydeon (dekabr) 7. Gamelion (yanvar)8. Antesterion (fevral)9. Elafebolion (mart)10. Yu.Munixion (aprel)11.1.Fargelion (may)12. Skiroforion (iyun)Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon - iyul) boshlangan. Embolistik oylar ikkinchi poseydonga, ba’zida ikkinchi skiroforionga ko’shilgan. Embolistik yillaming tartibini oktaetarida egallagan, ya’ni har sakkiz yilning uchinchi, beshinchi, sakkizinchi yillari kabisa yili hisoblangan. Miloddan avvalgi 432-yilda olimpiada o’yinlarining 86-yilligiga bag’ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv, kalendar ma’ nos ini beradi) o’matiladi. Unda oy laming kun lari kolrsatib turilgan. Yunon kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparxlar katta rol o’ynagan. Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillik- ning o’rtalarigacha voqealami yozishda hukmron shaxslaming nomidan foydalanilgan. Afinada yil hisobi kalendar uchun ma’lum bo’lgan eponimlar- ijroiya hokimiyat (arxontlar) ning rahbarlari ismi bilan belgilangan. Miloddan avvalgi IV asrda olimpiada asosidagi umum ellin yil hisobi keng tarqaldi.Miloddan avvalgi 776-yildan boshlab to’rt yilda bir marta bo’lib o’tadigan sport o’yinlari xalq tantanalaridan biriga aylandi. Olimpiya o’yinlari yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan, chunki kalendar sistemasidagi xatolar tufayli olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi. Olimpiya o’yinlarining vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilgan. Olimpiya yil hisobi Qadimgi yunonlar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldi- ki, ular o’z erasining boshlanishini Miloddan avvalgi 766-yil birinchi iyul qilib belgiladi, chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan edi.Olimpiya yil hisobi birinchi bo’lib, miloddan avvalgi 264-yilda qadimgi yunon tarixchisi Time tomonidan qo’llanildi va bu hisob VII asrcha davom etadi. 394-yili imperator Feodosiy I Olimpiya o’yinlarini bekor qiladi. Shunday bo’lsa-da, Olimpiya yil hisobi darhol yo’q bo’lib ketmadi. Olimpiya yil hisobida tartib raqami va to’rt yilning tartib raqamidan foydalanilgan, masalan: yunonlar va forslar o’rtasida bo’lib o’tgan Salamin jangi 75,1 (ya’ni 75 olimpiadaning birinchi yili) bo’lib o’tgan. Yunon kalendari yil hisobini zamonaviy yil hisobiga aylantirish juda qiyin, chunki, turli yunon shaharlarida turli xildagi yangi yil har xil vaqtda boshlangan kalendarlardan foydalanilgan. Yunonlarda ilk kalendar qachon va kim tomonidan yaratilganligi ma’lum emas. Miken va Konek tekstlarda saqlanib qolgan ba’zi oy nomlarini o’qishning iloji bo’lmagan. Ularda oy hisobi mavjud bo’lib, yangi oylarning kelishi bayram bilan kutib olingan.4
Xulosa Kalendar hayotimiz davomida eng kerakli o’rinda turadi. Qadimda ham insonlar kalendarlarga muhtojlik sezishgan. Dehqonchilikda ham ekinning unib chiqish kunlarini hisoblashda ham kalendar muhim bo’lgan. Mana shu kabi ko’plab omillar insonlarni kalendar yaratishga urindi. Ammo kalendarlar turli mintaqalarda turli xil tuzildi. Lekin ular orasidagi farq uncha sezilarli darajada emas edi. Turli xil bo’lishining sababi davlatlar ba’zilari Quyosh, ba’zilari esa Oy kalendaridan foydalanishgan. Bizning ajdodimiz Umar Hayyomning ham kalendari xatto hozirgi kunda biz foydalanayotgan Grigorian kalendaridan mukammalroq tuzilgan. Buning sababi albatta o’sha davrda astronomlarga kalendar tuzish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaxshiligida. Bu bilan biz o’sha davrda ham kalendar muhim narsalar o’rnini egallashni boshlagan. Oy-quyosh kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina murakkabdir. Hozirgi kunga kelib, Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan. Ya’niki murakkab bo’lsa ham Quyosh kalendari mukammalroq. Bu esa qadimgi davrda tuzilgan barcha kalendarlarni qiyinchiliklar bilan tuzilganligiga qaramasdan mukammalligini ko’rsatadi. O’sha davrdagi qiyinchilik bilan tuzilgan kalendarlar hozirgi kunda jamiyatimiz uchun juda qadrli bo’lib kelmoqda. Chunki kalendarsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Kalendar vaqtning hisobi u ham suv kabi bizga zarur va muhim.
Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling