Toshkent amaliy fanlar universtiteti ‘‘o‘zbek tili va adabiyot’’fanlar yo‘nalishi 02-guruh talabasi abdurashidova sevinchning ‘‘o‘zbekistoning eng yangi tarixi’’fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 14.59 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi14.59 Kb.
#1507249
  1   2
Bog'liq
Abdurashidova Sevinch 02 -guruh..docx

Toshkent amaliy fanlar universtiteti ‘‘o‘zbek tili va adabiyot’’fanlar yo‘nalishi 02-guruh talabasi abdurashidova sevinchning ‘‘o‘zbekistoning eng yangi tarixi’’fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu: O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. Reja: 1.Milliy davlat boshqaruv tizimi.Mustaqil O‘zbekistonda hokimyatlarga bo‘linish tamoyili. 2.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 3.O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.


O‘zbekiston respublikasi oliy davlat hokimyati tizimi.
DAVLAT HOKIMYATI
QONUN CHIQARUVCHI
IJRO ETUVCHI
SUD
OLIY MAJLIS
PREZIDENT
VAZIRLAR MAHKAMASI
Ozbekiston respublikasi konstitutsiyaviy sud
O‘zbekiston respublikasi oliy sudi
O‘zbekiston respublikasi oliy xo‘jalik sudi
O'zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrga bo'linadi:
Birinchi davr: 1991-1994 yillar .
Ikkinchisi: 1995-2004 yillar.
Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr: 1991-1994 yillar O'tish davri parlamenti deb atash mumkin bo'lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi. Oliy Kengashning o'n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo'lib o'tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko'p partiyaviylik asosida o'tkazildi
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar Oliy Kengash o'rniga O'zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O'zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan 69 nafar, "Adolat" sosial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14 va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan ko'rsatilgan 7 nafar deputat bo'lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko'rsatilgan shaxslar tashkil etdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamenta o'tish (2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar).
Uchinchi davr Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo'shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o'z ishlariga kirishdilar. Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O'zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o'z taraqqiyotida yangi pog'onaga ko'tarildi. Eng asosiysi, garchi Qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo'lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraktsiyalarida oldindan ko'rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi
Toshkentda 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.
Unda mamlakatimiz parlamenti a’zolari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar, ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlari rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyada xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashdagi roli va ahamiyatini ochib berish, rivojlangan demokratik davlatlar konstitutsionalizmi tajribasini o‘rganish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi J.Makgregor va boshqalar mustaqil taraqqiyot yillarida O‘zbekiston erishgan ulkan yutuq va marralar, yurtimiz taraqqiyotining jadal sur’atlari Konstitutsiyamizning hayotiyligi va salohiyatidan, unda mujassam bo‘lgan prinsiplar va normalar puxta o‘ylanganidan dalolat ekanini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq barcha sohalar izchil isloh qilinayotgani, xalq bilan muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyati Asosiy qonunimiz prinsiplarini hayotga yanada kengroq tatbiq etishga, jumladan, Konstitutsiyaning 2-moddasida belgilangan davlatning xalq irodasini ifoda etishi va uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutuvchi normaning amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyaga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohalaridagi islohotlar O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda muhim omil bo‘lmoqda.
‘‘O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishda, ishonchli himoyasini ta’minlashda, jamiyatda qonun ustuvorligini qaror toptirishda konstitutsiyaviy odil sudlovning rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur qonunga asosan Konstitutsiyaviy sudga konstitutsiyaviy qonunlarni, shuningdek, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni mamlakat Prezidenti imzolaguniga qadar ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolati berildi.
Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolati berilgani Konstitutsiya ustunligi prinsipini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi prinsiplariga rioya etish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda xalqaro huquq normalari va rivojlangan davlatlar tajribasini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O‘zbekiston tashqi siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini rivojlantirish masalalari, konstitutsiyaviy qoidalar asosida davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribaga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Download 14.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling