Toshkent amaliy fanlar unversiteti
Download 0.73 Mb.
|
Mumtoz sheʼriy sanʼatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Boburga bag’ishlangan maqom oqshomi Boburnoma (1960 yil nashri)
- ОГАҲИЙНИНГ ОГОҲЛИГИ
- Sakkokiy. Tanlangan asarlar Mashhura Hasanova. Sokkokiy (Sayroniymi Sabroniy!)
- Fazliy. G’azallar
- O’zbek mumtoz she’riyati. Turdi Farog’iy.
- Turkiy bo’ston. Nishotiy. Qushlar munozarasi.
- O’zbek mumtoz she’riyati. Hoziq.
- O’zbek mumtoz she’riyati. Chokar.
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNVERSITETI
Toshkent amaliy fanlar universiteti oʻzbek tili va adabiyoti fanlar yoʻnalishi 1-bosqich 02-guruh talabasi Ibragimova Masturaning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti Qabul qildi: Abdulakimov Dilruhjon Reja: 1. Mirzo Boburga bag’ishlangan maqom oqshomi 2. Shermuhammad Munis. G’azallar, hikmatlar 3. Sakkokiy. Tanlangan asarlar & Mashhura Hasanova. 4. O’zbek mumtoz she’riyati Mirzo Boburga bag’ishlangan maqom oqshomi & Boburnoma (1960 yil nashri)14 FЕVRAL — ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 539 YILLIGI Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z she’riyati bilan inson yuragining sohir manzaralarini kashf eta olgan. Shoir she’rlarida goh tole’ yo‘qligidan shikoyat qiladi, gohida bahor chog‘idagi go‘zalliklarni yoshlikka qiyoslaydi va bu qiyoslardan o‘zi ham zavq oladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, Bobur ijodida baxt va kulfat, ishq va nafrat, visol va ayriliq, najot va ilojsizlik yonma-yon yuradi. Shoir o‘z ijodi vositasida o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan bu tuyg‘ularning betakror mutanosibligiga erisha olgan. ОГАҲИЙНИНГ ОГОҲЛИГИZiyrak nigoh bilan tevarak-atrofni kuzatuvchi Herman Vamberi 1863 yili Xorazmga kelganida Ogahiy bilan tanishgani haqida yozgandi.U o‘zining «O‘rta Osiyoga sayohat» asarida , » Men Xivada ikki og‘a-ini bilan tanishdim.Biri Munis — a’lo poemalar yozgan. Ikkinchisi—mirob..Ogahiydir», deya ta’kidlaydi. Aslida Vamberi Ogahiy bilan uchrashib, Munisning asarlari bilan tanishgandi. Sakkokiy. Tanlangan asarlar & Mashhura Hasanova. Sokkokiy (Sayroniymi? Sabroniy?!)Sakkokiyning ijodi, xususan, Mirzo Ulug‘bek podshohlik qilgan davrda (1409-1449) kamol topdi. Ma’lumki, bu davrda Samarqand poytaxt sifatida barcha ilm va adabiyot ahlini o‘zida jamlagan edi. Sakkokiy shular jumlasidan bo‘lib, g‘azalnavislikda san’atkorlik mahoratini yaxshi egallab, o‘zbek qasidachiligining asoschilaridan biri bo‘ldi… Sakkokiy – shoirning taxallusi bo‘lib, uning asl ismi ma’lum emas. Sakkokiy so‘zi “sakkok” (pichoqcha) so‘zidan olingan bo‘lib, “iy” shaxs oti yasovchi qo‘shimchasi bilan “pichoqcha yasovchi” degan ma’noni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari sirasida o‘zbek adabiyoti yangi shoirlarning nomlari, asarlari bilan boyib, ko‘pgina ilmiy muammolar o‘zining yechimini topdi. Ushbu asar orqali biz qo‘limizdagi qo‘lyozmalarda bo‘lmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishishga muyassar bo‘ldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, mazkur asarda Sakkokiy “Sayroniy” nisbasi bilan tilga olingan.Fazliy. G’azallarFazliy Namangoniy she’riy iste’dodi tufayli Umarxonning marhamatiga sazovor bo‘lib, «malik ush-shuaro» nomini olgan. Fazliy tuzgan «Majmuai shoiron» («Shoirlar majmuasi», 1821) tazkirasi o‘zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she’riy yo‘l bilan yaratilgan. Tazkirada 19-asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli ma’lumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. O’zbek mumtoz she’riyati. Turdi Farog’iy.Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; fors-tojik she’rlaridagi taxallusi esa Farog‘iy) (17-asr, Buxoro — taxminan 1699/1700, Xo‘jand) — shoir. Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urug‘ining ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan bo‘lgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685—86 yillarda ko‘tarilgan xalq isyonida faol ishtirok etgan. Isyon bostirilgach, Turdi Jizzax, so‘ng Xo‘jandga borib, muhtojlik va uzluksiz ma’naviy tushkunlikda kun kechirgan. Turkiy bo’ston. Nishotiy. Qushlar munozarasi.Bizgacha yetib kelgan qo‘lyozmalarning birida asar nomi forscha «Munozarai murg‘on» deb atalsa, ikkinchisida «Qushlarning bir-biriga bahs qilg‘onlari» deb ataladi. Shoir asarida o‘sha davrdagi qator sotsial guruhlarning turli illatlari — xudbinlik, maqtanchoqlik, jaholat va hokazolarni qattiq tanqid qiladi. Bu asar «Husnu Dil» dostonidan oldin yozilgan bo‘lsa ajab emas. «Qushlar munozarasi»ning aniqlanishi adabiyotimiz tarixini yanada boyitadi. O’zbek mumtoz she’riyati. Hoziq.Hoziq o‘zbek va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Zebunniso she’rlariga muxammaslar bog‘lagan. Lirikasi mavzui rang-barang, unda zamon norasoliklari, johil va odil hukmdorlar haqida mulohazalar bildirilgan, sevgi va muhabbat tarannum etilgan. She’rlarida zamonasidagi hukmdorlarni adolatga undagan. O’zbek mumtoz she’riyati. Chokar.Muhammad Yusuf Muhammad Yoqub o‘g‘li Chokar 1889 yil Xiva shahrida tug‘ildi va o‘sha yerning maktab va madrasalarida tahsil oldi. Chokarning dadasi Muhammad Yoqub Xarrot Xorazmda juda mashhur mashshoq bo‘lgan. Ayniqsa klassik kuylarni g‘oyat maroqli ijro qilgan. U, adabiyot bilan ham qiziqib, bo‘lajak shoir, kompozitor o‘g‘li Yusufning tarbiyasiga alohida ahamiyat berdi. Natijada Chokar juda yoshlikdan san’at va adabiyot bilan qiziqadi. O‘zbek va sharq klassik shoirlari ijodini havas bilan o‘rganadi va yosh vaqtidan boshlab ijod qila boshlaydi. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling