Toshkent amaliy fanlar unversiteti


Download 329.14 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi329.14 Kb.
#1164154
  1   2
Bog'liq
Etimologiya- tilshunoslikning Juda qadimiy sohasi


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNVERSITETI
  • Mavzu: Etimologiya- tilshunoslikning Juda qadimiy sohasi

Bajardi: Xidirova Nurjamol 08 guruh talabasi
Qabul qildi: Jorayeva Go’zal
REJA:
  • Etimologiya qadimda
  • Tarixiy Etimologik rivojlanishi va ahamyati
  • Adabiyotlar

Etimologiya- tilshunoslikning Juda qadimiy sohasi
ETIMOLOGIYA (Yunoncha— haqiqat; so’zning haqiqiy ma’nosi va …logiya) — 1) so’z va morfemalarning kelib chiqishini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi; 2) so’zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) so’zning kelib chiqishi. 19-asr tilshunosligida “Etimologiya” termini “grammatika” ma’nosida ham qo’llangan. Tilshunoslik bo’limi hisoblangan Etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lug’at tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. 
Har bir til leksikasida muayyan miqsordagi so’zlar borki, ularning shakli bilan ma’nosi o’rtasidagi bog’liqlik shu til egalari uchun tushunarsiz bo’lib qolgan, chunki so’zning tarixan o’zgara borishi uning dastlabki shakl va ma’nosini xiralashtirib qo’yadi, bunday so’z strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab bo’lmaydi. Etimologik tahlilning maqsadi muayyan so’zning qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi bo’yicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va ma’noda paydo bo’lganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiy-tarixiy usul bo’lib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik o’zgarishlarga tayanib ish ko’radi. 
Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda so’zlarning etimologik ma’nolarini aniqlashda, etimologik lug’atlar tuzishda ahamiyatlidir. Muayyan til uchun o’zlashma hisoblangan so’zlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi o’zbek tilida qo’llanayotgan “daftar”, “piyola”, “qalam” kabi so’zlarning yunon tiliga mansubligi, o’sha tildagi (dastlabki) ma’nosini aniqlash uchun
leksikografik izlanish — tegishli tillar
(Arab, fors, yunon) lug’atlarini solishtirish
kifoya qiladi.
Maʼlumki, XVI asrdagi eski oʼzbek adabiy tili xususiyatlarini aks ettiradigan nasriy usulda yozilgan sanoqli manbalar bizgacha yetib kelgan. Boburning “Boburnoma” memuar asari 1494–1529 yillarda nasriy shaklda yozilgan boʼlib, oʼsha davr til xususiyatlarini oʼzida aks ettiradi. Uning leksikasi maxsus tadqiq qilingan. Muhammad Solihning 1506 yilda yaratilgan “Shayboniynoma” tarixiy dostoni nazm uslubida bayon qilingan boʼlib, bu asar leksikasi yuzasidan qilingan tadqiqotlar koʼlami unchalik katta emas.
XVI asr boshlari eski o‘zbek adabiy tili holatini o‘zida to‘liq mujassam etgan yana bir nodir manbalardan biri Sharafuddin Ali Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asarining eski o‘zbek tiliga qilingan tarjimasidir. “Zafarnoma” hijriy 828 yili (melodiy 1424–1425) fors tilida yozib tugatilgan. Mazkur asarning Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan 1519 yilda, asar yozilganidan salkam yuz yildan keyin
amalga oshirilgan o‘zbekcha
tarjimasi muhim o‘rin tutadi.
Bu tarjimada eski oʼzbek adabiy tilining XVI asrdagi holati, tilning leksik tarkibidagi oʼzgarishlar ham oʼz ifodasini topgan. Аsar tom maʼnoda XVI asr boshlaridagi oʼzbek mumtoz nasrining buyuk obidalaridan boʼlib, bu asarning nafaqat tarjimasi, balki Sharafuddin sheʼriyatiga taalluqli ayrim yerlarda qayta ishlanishi ham deyilmogʼi kerak. Shuning uchun manba oʼsha davr til xususiyatlarini oʼrganishda juda muhim hisoblanadi.
  • “Zafarnoma” asari oʼzbekcha tarjimasida jang va jang maydoni tushunchasini ifodalovchi soʼzlarga ajratganda ham terminlarning kontekstdagi maʼnolariga katta eʼtibor qaratish lozim boʼladi. Masalan, maʼraka soʼzi eski oʼzbek tilida 1) odamlar toʼplanadigan joy; 2) jang maydoni maʼnolarini anglatgan: Аgarchi, hech andoq boʼlmadikim, oʼzining iligi ishga yetmish boʼlgʼay, vale derlarkim, baʼzi maʼrakalarda andin asari shijoat zohir boʼlur ekandur. Va ul hamlada bir otliqni nayza bilan tushurdi va ani bogʼlab maʼrakadin chiqardi. (238). Maʼraka soʼzi aslida arabcha maʼrakatun shakliga ega feʼl boʼlib, oʼzbek tilida “kurashmoq” maʼnosini ifodalaydi.

Bu soʼz arab tilida “kurash”, “jang”, “kampaniya” maʼnolarini anglatadi. Mazkur soʼz “Oʼzbek tilining izohli lugʼati”da 1) “motam marosimlarining yigʼindisi va har biri”; 2) “toʼy, tomosha va shu kabilar munosabati bilan boʼladigan yigʼin, marosim”, 3) “jang maydoni, jang” kabi maʼnolarni angatishi bilan omonim ekani belgilangan. Koʼrinib turibdiki, maʼraka soʼzinig “motam marosimlarining yigʼindisi va har biri”, “toʼy, tomosha va shu kabilar munosabati bilan boʼladigan yigʼin, marosim” semalari XVI asrdan keyingi davrlarda shakllangan. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma (Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov. Masʼul muharrir V.Rahmonov. T.Sharq, 2002.–368 b. Rahmatullaev Sh. Oʼzbek tilining etimologik lugʼati. Ikki jildli. 2-jild. – Toshkent: Universitet,2003. – B.255.
Maʼlumki, oʼzbek tili qadimgi taraqqiyot bosqichlarida ham oltoy-moʼgʼul tillari bilan aloqada boʼlgan. Tilshunoslikda turkiy va moʼgʼul tillarining bitta til oilasiga kirishi haqidagi nazariyalar mavjud. Oʼzbek tilining moʼgʼul tili bilan aloqasi XIII asrda moʼgʼullarning Markaziy Osiyoni istilo qilishi davrlarida kuchaydi. Qolaversa, Buyuk ipak yoʼli oʼtgan hududlarda boshqa tillarning oʼzbek tiliga, oʼzbek tilinig boshqa tillarga taʼsiri sezilarli boʼldi. B.А.Аhmedov, R.G.Muqminovalar maqolasida Sharafuddin Аli Yazdiyning buyuk sarkarda Аmir Temur hayoti va yurishlariga bagʼishlab 1425 yilda fors tilida yozilgan “Zafarnoma” asari “Muqaddima”si leksikasida uchraydigan yuzga yaqin turk-moʼgʼul oʼzlashmalari, shuningdek, yana bir necha forsiy manbalardagi shunday oʼzlashmalar tahlil qilinadi.
Oʼzbek tili lugʼat tarkibida eroniy tillarga oid boʼlgan soʼzlar salmoqli oʼrin egallaydi. Bu xalqimizning uzoq tarixi bilan chambarchas bogʼlangan. Oʼzbek va tojik tillari asrlar davomida deyarli bir xil iqtisodiy-siyosiy va madaniy sharoitda yashab kelganlar (5.109). Qolaversa, “Zafarnoma” asari fors-tojik tilidan oʼzbekchaga oʼgirilganini hisobga olganimizda ham turkiy soʼzlarga fors-tojikcha soʼzlarning sinonim boʼlib kelgan holatlarni koʼp uchratamiz. Masalan turkiy urush soʼzi bilan fors-tojikcha jang soʼzi, turkiy yamon soʼziga fors-tojikcha bad soʼzi sinonim boʼlib keladi: Ulugʼ toʼy tortti shahi boxirad, Yigʼildi oʼshul yerda ham neku bad (3.229). Misoldagi neku bad soʼzi “yaxshi va yomon odamlar” maʼnosida qoʼllangan.

Download 329.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling