Тошкент архитектура қурилиш институти “Қурилиш механикаси ва иншоотлар зилзилабардошлиги” кафедраси “Материаллар қаршилиги” фани 1-амалий машғулоти Мавзу: Ички кучларни аниқлаш. Кесиш усули
Download 0.6 Mb.
|
Statik noaniq simmetrik ramalarni kuchlar usulida hisoblash. Nomalumlarni guruhlash usuli. — копия
“Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi”kafedrasi “QURILISh MEXАNIKАSI’’ Abduraximov N Mavzu: Statik noaniq simmetrik ramalarni kuchlar usulida hisoblash. Nomalumlarni guruhlash usuli. REJA: 1. Statik aniqmas simmetrik ramalarni simmetrikligidan foydalanish. 2. Simmetrik ramaga quyilgan tashqi yuklarni simmetrik va nosimmetrik yuklarga ajratish usuli. 3. Simmetrik rama noma’lumlarini guruhlash usuli. Tayanch iboralar: statik aniqmas simmetrik ramalar, simmetrik ramalarni hisoblashni soddalashtirish usullari: ramalarni simmetrikligidan foydalanish, tashqi yuklarni simmetrik va nosimmetrik yuklarga ajratish, simmetrik rama noma’lumlarini guruhlash usuli Simmetrik konstruksiyalarning qurilishda juda ko‘p ishlatilishi tufayli, simmetrik ramalar amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Agar ramalarning elementlari, elementlarning bikrliklari va tayanch reaksiyalari simmetriya o‘qiga nisbatan bir xil bo‘lsa, bunday ramalar simmetrik ramalar deyiladi. Qurilishda qo‘llaniladigan simmetrik ramalarning bikrligini oshirish maqsadida ularning statik aniqmaslik darajasi oshiriladi. Ma’lumki, sistemaning statik aniqmaslik darajasi ortgan sari kanonik tenglamalar soni ham ortadi. Bu esa ularni hisoblashda ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. Simmetrik ramalarning hisobini soddalashtirishning quyidagi usullari mavjud: 1. Sistemalarning simmetrikligidan foydalanish. 2.Tashqi yuklarni simmetrik va teskari simmetrik yuklarga ajratish usuli. 3.Noma’lumlarni guruhlash usuli. Simmetrik ramalarni hisoblashni soddalashtirishining bu usullari bilan alohida tanishib chiqamiz. 1. Sistemalarning simmetrikligidan foydalanish. Simmetrik ramalarda hisoblash ishlarini kamaytirishning usullaridan biri rama simmetrikligidan foydalanishidir. Bunday ramalarda asosiy sistema simmetrik qilib tanlanadi. Bu soddalashtirish usulini ko‘rsatilgan uch marta statik aniqmas simmetrik ramani hisoblash misolida ko‘ramiz. Ushbu usulda asosiy sistema simmetrik qilib tanlanadi. Buning uchun ramani simmetriya o‘qidan kesamiz . Noma’lum zo‘riqishlarni aniqlash uchun kuchlar usuli kanonik tenglamalarini yozamiz: simmetrik noma’lumli tenglama. Demak, simmetrik ramalar uchun asosiy sistemani simmetrik qilib tanlash, kanonik tenglamaning bir necha yordamchi birlik ko‘chishlarining, ya’ni koeffitsientlarining nolga teng bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa kanonik tenglamalar sistemasining echimini osonlashtiradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling