Demak, teskari simmetrik yuklar ta’siridagi simmetrik ramada doimo teskari simmetrik noma’lum zo‘riqishlar hosil bo‘lib, simmetrik noma’lumlar nolga teng bo‘ladi.
Bu holda umumiy yakuniy eguvchi moment epyurasi simmetrik va teskari simmetrik yuklangan ramalar yakuniy eguvchi momentlar epyuralarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Noma’lumlarni guruhlash usuli
Juft oraliqli simmetrik ramalarni hisoblashda noma’lum zo‘riqish-larni simmetriya o‘qidan o‘tgan kesimga joylashtirishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday
ramalarni hisoblashda noma’lumlarni guruhlash usulini tadbiq qilinsa, hisoblash ancha osonlashadi. Bu usulni quyidagi ikki oraliqli simmetrik ramani hisoblash misolida qaraymiz
Noma’lumlarni guruhlash usuli har qanday a va v sonlarni ikkita m va n sonlarning yig‘indisi va ularning ayirmasi orqali ifodalashga asoslangan, ya’ni a = m + n, v = m - n
Bu shartga asosan, b da ko‘rsatilgan X1 va X2 noma’lum zo‘riqishlardan birini U1 va U2 noma’lumlarning yig‘indisi bilan, ikkinchisini esa ularning ayirmasi orqali ifodalaymiz
Asosiy sistema uchun birlik noma’lumlardan eguvchi moment epyurasini qursak, M1 epyura simmetrik, M 2 epyura teskari simmetrik ko‘rinishga ega bo‘ladi
Simmetrik va teskari simmetrik epyuralarni o‘zaro ko‘paytirsak birlik ko‘chishlar 0 δ 12 = δ 21 = bo‘ladi.
U holda kuchlar usulining kanonik tenglamalar sistemasi mustaqil ikki sistemaga ajraladi.
0 δ 11У1 + ∆1p = simmetrik noma’lumli tenglama.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
- Ismatov M.H., Javliev B.K. “Qurilish mexanikasi” fanidan o‘quv materiallari Uslubiy qo‘llanma.-Samarqand:SamDAQI, 2011. - 166 bet
- Интернет сайтлар
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН
РАХМАТ!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |