Toshkent arxitektura qurilish inatituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti “Geodeziya va kadastr” kafedrasi
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
yer tuzish ishlarini bajarishda elektron taxeometrlardan foydalanish uslubiyati.(1)
2-BОB. YER KADASTRI UCHUN GEОDEZIK ISHLАR 2.1. Уer kadastri haqida umumiy tushuncha Ma’lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo’yicha muntazam ravishda o’tkaziladigan kuzatishlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlarning jamlanmasi kadastr deyiladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o’rmon va boshqalar bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Davlat yer kadastri quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: - yerning kimga qarashli ekanligi; - uning miqdor va sifat xususiyatlari; - tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari. Yer kadastri mamlakat bo’yicha yagona tizimga ega bo’lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, xo’jalik va huquqiy holati to’g’risida to’liq ma’lumot bo’ladi. Yer kadastri asosini tuproq bonitirovka tashkil qiladi. Yer kadastri - yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiy, xo’jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari o’rni, o’lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar majmui.
davlat ro’yxatiga olish; - yerlarni taqsimlash.
2.2. Kadastrdagi geodezik ishlar tarkibi Yer tuzish ishlarida kadastr syomkasini bajarish maqsadida o’byekt chegaralarini maxkamlash va uning koordinatalarini, burchaklarini, yer uchastka maydonini, chegaralarini aniqlashda geodezik ishlar bajariladi. Umumdavlat, shuningdek maxalliy koordinatalar sistemasi sharoitida geodezik ishlar bajariladi. Buning uchun maxalliy va umumdavlattizimi koordinatalar sistemasi sharoiti bilan ishonch aloqasi ta’minlangan bo’lishi lozim. Kadastr syomkasi - xuquqiy kompleks ishlari yig’indisi bo’lmish, yer maydonining xo’jalik va iqdisodiy xolatini aniqlovchi tushunchadir . Ular yer maydonining o’rnini va chegaralarini, maydonini aniqlash va yer maydonining planini tuzishni ta’minlaydi.
1. Yer maydonining ichki chegara nuqtalarini o’rkazish, agarda joyida aniqlanmagan bo’lsa 2. Uchastka chegaralarini aniqlovchi belgilarni joyda bog’lash. Yer kadastrining asosiy belgilangan birligi bu yer uchastkasidir. Yer kadastriga bog’lik bo’lgan xar xil aniqliklarni belgilash mumkin. Yer tuzishda bunday turdagi uchastkalarning chegaralari tiklanishi shart. Geodezik ishlar kadastrda eng ahamiyatli o’rin egallaydi. Uning tarkibi kadastrning belgilovchi va avtomatizatsiya darajasiga bog’lik. Ko’pincha ishlar quyidagicha sxemalar bo’yicha olib boriladi: 1. Tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlari jarayonida quyidagi ma’lumatlar yig’iladi va tahlil qilinadi:
- yer maydonining topografik plani va chegara chizmasi; - davlat punktlari koordinatasi yoki maxalliy geodezik tarmoqlar sxema va ro’yxati; - yerdan foydalanish haqidagi ma’lumot. 2. Dala geodezik tayanch tarmoqlar punktlarni tekshirish. - Geodezik ishlarni olib borishda qulay texnologiyani tanlash va punktlarni mustaxkamligini tekshirish uchun uni bajaradilar . 3. Texnik loyihani tuzish. Punktlarni mustaxkamligini tekshirish uchun va geodezik ishlarni olib borishda qulay texnologiyani tanlash va smeta xarajatlari, grafik materiallari, yozma tushuntirishlarni o’z ichiga oluvchi texnik loyihani tuzishda geodezik ishlar bajariladi.
Topografik va unga bog’lik holda o’sha masshtabda, o’sha usullar bilan va o’sha aniqlikda tayinlangan kadastrni ishlab chiqaradilar. Baza hisobiga ko’ra 1 : 500, juda keng ishlatiladigan 1 : 2000, 1 : 10000 va maydaroq masshtablar ishlatiladi. Kadastr xaritalarda va planlarda qo’shimcha yer maydoni chegaralari tasvirlanadi, qishloq xo’jalik va boshqa yer maydonlari, kadasrt raqami va yer maydonlarining nomi eksplikatsiya qilinadi (yerdan foydalanish toifalarini tavsifi va boshqa kadastr ma’lumotlari). Kadastr xaritalar va planlar joining re’lefi haqidagi ma’lumotga ega bo’lmasligi mumkin. 5. Yer maydonlarini chegaralarini joyda o’rnatish va kelishish. Biror xususiyatga ega bo’lgan nuqtalar
punktlardan koordinatalar bo’yicha yer maydonlari chegaralarini joyiga o’tkazish va maxsus belgi bilan mahkamlash geodezik asos hisoblanadi. Agarda, qachon, qanaqadur ravishda chegaralar avval biriktirilgan bo’lsa, biriktirilgan nyqtalarni koordinatalari aniqlanadi.
Chegaralarni o’rnatish kelishuvi davlat hokimiyatining vakili ishtirokida, joy egalari yoki yer maydonidan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqariladi .
Yer maydonlari asosan analitik usulda belgilangan koordinatalar bo’yicha hisoblabadi. Kartografik materiallardan foydalangan holda.
Chegaralarni joyda o’rnatish va kelishish natijasida chegaralar chizmasi kadastr planining masshtabi asosida tuziladi.
Kadastr ishlari natijalari
dala nazoratida, syomka jarayoni davomida bajariladi, albatta unda
kelishmovchiliklar va xatolar vujudga keladi. Undan tashqari, texnikaviy topshiriqlar talabiga rioya etishni nazorat qilish va topografik - geodezik ishlarni bajarishda tegishli yo’riqnomalar ishlab chiqariladi. Olingan ishlar natijasiga ko’ra, shuningdek ma’lumotlar, maxsus reestrlarga o’tkaziladi va kadastr xaritalarida va planlarda tasvirlanadi.
Katta inshootlarni boshqarish va tizimlashtirish uchun yozma va grafik ma’lumotlar yaratiladi va ma’lumotlar to’plami olib boriladi. Uni borligi na faqat ma’lumotlarni saqlash, uni tezkot iste’molchiga berishdan iborat. Yerdan foydalanishni rejalasitirishda, undan tashqari yerni narxini va holatini baholashda, vujudga keladigan tortishuvlarni yechishda geodeziya bo’yicha mutaxassis (geodezist) qatnashadi.
Geodezik ishlarni eng muhim turlarini biri,
yer kadastri maqsadi uchun yer uchastkalari maydonini aniqlash hisoblanadi. Xo’jalik ahaniyatiga bog’lik bo’lgan yer maydonlarini, topografik rejalashtirish materiallarini, joyni topografik sharoitini aniqlashda quyidagi usullar talab qilinadi:
Analitik usul – joida chiziqlarni va burchaklarni o’lchash natijalariga ko’ra ularni vazifalari (koordinata shakli) bo’yicha maydon hisoblab chiqariladi. Grafik usul - plandagi koordinata yoki chiziqlarni o’zgarisi natijalariga ko’ra maydon hisoblab chiqariladi; Mexanik usul – plan bo’yicha maxsus asboblar (planimetr) yoki moslomalar (paletka) yordamida maydon aniqlanadi. Raqamli model elektron mashina maxsus pragrammada joini maydonini aniqlaydi. Analitik usul yordamida maydonni aniqlashda geometrig formula, trigonometrig va analitik geometriya qo’llaniladi. Uncha katta bo’lmagan (hovli, ekinzorlar, og’darilgan maydon) yerlar maydonini aniqlashda, ular oddiy geometrig figuralar uchburchaklar, to’gri burchaklar, trapetsiyalarga bo’linadi. Grafik usulda yer maydonini aniqlash joyda oddiy geometric figura hosil bo’ladi. Hammasidan ko’ra bo’zilgan yerlar uchun mexanik usulni qo’llash naqsadga muvofiqdir. To’gri chiziqli va egri chiziqli paletka bilan maydonni aniqlash mymkin. Maydonni aniqlashda grafik va mexanik usullarni qo’llashda (planimetr va paletka yordamida) deformatsiya holatini hisobga olish zarur.
Yer uchastkasi maydonini aniqlashda unga qo’yiladigan talablar aniqligi kopgina omillarga bog’lik : xo’jalik faoliyati, hudud holati, ekologik sharoit, ko’chmas mulkni baholash.
Shu barcha va boshqa omillar yerni normativ baholashda ta’sir qiladi, ya’ni yer uchastkalarni maydonini aniqlash uchun talab qilinadigan aniqlik asosan boshlang’ich hisoblanadi. Yer maydonini aniqlashda talab qilinadigan aniqlikga yetishish uchun to’g’ri usulni tanlash zarur. Analitik usul yordamida maydonni aniqlashda eng yuqori aniqlikga ega bo’lish mumkin. Bu usulda yer maydonini aniqlash joyda o’zgarishlar natijalariga ko’ra aniqlanadi.
2.4. Kadastrda geoaxborot tizimlari Geoaxborot tizimi - zamonaviy yuqori darajali komp’yuterlarning paydo bulishi, ishlab chiqarish imkoniyatinin qayta ishlash, katta miqdordagi ma’lumotlarni berish va saqlash, xo’jalik va boshqormaga oid inson faoliyati ychyn yangi yo’llanmadir. ―Geoaxborot tizimlar‖ ning (GAT) boshlang’ich tushunchasi ―Geografik axborotga oid tizimlar‖ deb tushunilgan. Hozirgi paytda ―Geo‖ qo’shimchasi bor so’zda yer bilan bog’lik bo’lgan ma’lumotlarni va yer bilan shug’ullanuvchi inson faoliyati nazarda tutiladi. Shunday qilib, geoaxborot tizimi ko’pincha komp’yuterda saqlanadigan xududiy, tabiat va jamiyatni o’zaro ta’siri haqidagi bilimlar to’g’risida ma’lunotlarni yig’ish, saqlash, ta’minlash, odamlar atrofidagi bo’ladigan voqealari ko’rsata oluvchi tizimdir. Bu ma’lumotlarga geofrafiya, informatika, geodeziy, kartografiya, yer bilan bog’lik ma’lumotlar, boshqarish, xuquq, ekologiya va boshqa fanlar kiradi. Geoaxborot tizimlari quyidagicha bo’linadi: Umummahalliy va xududiy; - maqsadiga ko’ra: iхtisоslаshtirilgаn, axborotnomalar, rejalashtirish uchun ehtiyojlar, bоshqаrish va boshqalar;
- mavzu bo’yicha: suv manba’larni, yerlardan foydalanish, o’rmonzorlar, turizmlar va boshqalar. Ayniqsa, tizimlar rivojlanishi kadastrga mo’ljallangan. Geoaxborot tizimlari (GAT) uchun ma’lumotlar manba’lari geografik va topografik kartalar, rejalar aerokosmik materiallar, me’yorga muvofiq va huquqiy hujjatlar hisoblanadilar. Zamonaviy geoaxborot tizimlari (GAT), raqamli va maxsus dastur bilan ta’minlangan, yaratilgan bo’lib, nomlanadigan ma'lumotlar va ma'lumotlar hajmini o’z ichiga oladi. Raqamli kartaga tegishli ma'lumot ikki variantdan iborat: - ob’ekt joylashgan yerni aniqlash; - ob’ekt xossalarini aniqlash. Kompyuterda karta va planlarni chisishda to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi foydalaniladi. Har bir Y va X koordinatalari aniqlanadi. Koordinatalar sistemasi yordamida, nuqta, chisiq aniqlanib poligon hosil qilinishi mumkin. Bunda, yer yuzasi tekisligini tasvirlash uchun xar xil kartagrafik proeksiyalar, masalan Gauss-Kryuger proeksiya foydalaniladi. Kartadagi ma’lumotlar, kompyuterga raqamli yo’l bilan kiritiladi. Ob’ektni xar bir o’ziga xos nuqtasi raqamli yo’l bilan yoki skaner yo’li bilan elektron skaner orqali kartaning hammasida raqamlashtirilib bajarilgan bo’lishi lozim. Elektron geodezik asboblarda ham kompyuterning ishga tushirish ma’lumotlari bazasi bo’lishi mumkin. Ob’ekning yozma tavsilotnomalari kompyuterga klaviatura orqali kiritiladi. Aero va kosmik syomkalar ma’lumotlari, raqamli ko’rinishda yozilgan bo’lib, kompyuterga kiritilgan bo’llshi mumkin. Mavjud bo’lgan, har qanday kadastr ko’rinishining (yerga oid, shaharsoz qurilishiga oid, suvli va x.q) aniq ma’lumotlarini hammasi, zarur bo’lgan tabiat haqidagi, xo’jalik va huquqiy vaziyatdagi yerlar va kartografik ma’lumotlar geoaxborot tizimi hisoblanadi. Yerlarni narxlarini va sifatini , miqdorini baholash, yer egalari va yerlardan foydalanishni ro’yxatga olish va joriy nazorat qilish uchun kartografik ma’lumotlar xizmat qiladi
Kadastr s’omkalari va yerlarni inventarizatsiya qilish natijasida kadastrga oid ma’lumotlar asosi yaratiladi. Bu ishlar katta xududni (shahar, timan va x.q) va shunday katta yerlarni o’z ichiga qamrab olishi mumkin. Yagona ma’lumotli tizimga katta miqdordagi ma’lumotlarni joylashtirishda, kadastr ma’lumotlari elementar qatlamlarga bo’linadi, ya’ni ularning har biri mustaqil ravishda aniq vazifalarni yechish uchun foydalaniladi Kadastrning avtomatlashtirilgan tizimi uchun, GAT qo’llanilishi asoslangan, taqamli kadastr rejalar, kartalar foydalaniladi. Bir-biri bilan bog’lik bo’lgan, kadastrli xaritada va loyihada taqdim etilgan hamma ob’ektlar, kartalarni yaratish uchun qabul qilingan, shuningdek, o’sha koordinata tizimida ularning holati aniqlangan. Berilgan ob’ektlar (yer maydoni) ma’lumotlar mazmuni bazasi axborot tizimini tashkil etadi. Bu ma’lumotlar bazasi uchastkalarga bog’lik (kadastrli raqamlar) ob’ektlar aloqalari vа belgilari uchun foydalaniladi. Shunday qilib, raqamli kadastrli xarita, metric (grafikli) va semantic (yozuvli), kadastrli axborot tizimining kartografik bo’limi ma’lumotlarini taqdim etadilar. Yer maydonining joylashgan o’rnini, ularning chegaralarini va maydonini abiqlab, u yer resurslarini boshqarish quroli bo’lib foydalaniladi. Shunday qilib, Davlat yer kadastri, geoaxborot tizimi bo’lib, ta’minlash bilan birga yig’ish, saqlash va iste’molchilarga yer haqidagi mа’lumotlarni berishi mumkin.
1-2 BOB UCHUN XULOSA Yer tuzish ishlarini ro’yxatga olishda va xususan yerlarga oid ma’lumotlarni to’plash, ajratishda yer kadastri muhim o’ringa ega. Yer kadastri- yer egalariga, yer bilan sho’g’ullanuvchilarga va yerlarni arendaga oluvchilarga, yer toifasi, xalq xo’jaligi yerlarini baholash va sifati to’g’risida tavsifnoma berishda huquqiy tartibda yerlar to’g’risidagi ma’lumotlar va hujjatlarni o’z ichiga oluvchi davlat tizimidir. Yer tuzishda majmuali ishlarini o’rnatish , yer maydonini chegaralarini joida mustaxkamlash, uni joylashgan o’rnini va maydonini aniqlash, tiklash, taqdim etiladi. Majmuali qidiruv ishlarini, loyihalashtirishda, qurilishda, gidromeliorativ tizimlarini, o’rmon xo’jalik ob’ektlarni va muhandislik ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishda geodezik ishlar muhim hisoblanadilar. Bu ishlar ko’proq qurilishni qiymatini va sifatini aniqlaydiki , keyinchalik ushbu ob’ektlarni ekspluatatsiya qilish sharti bilan. Tayinlangan kadastrga bog’lik holda kadastr syomka o’sha masshtabda, o’sha usulda, o’sha aniqlikda ishlab chiqariladi, xuddi topografik xaritalarni tuzish kabi. Baza hisobiga ko’ra 1 : 500, juda keng ishlatiladigan 1 : 2000, 1 : 10000 va maydaroq masshtablar ishlatiladi. Kadastr xaritalarda va planlarda qo’shimcha yer maydoni chegaralari tasvirlanadi, qishloq xo’jalik va boshqa yer maydonlari, kadasrt raqami va yer maydonlarining nomi, eksplikatsiya beriladi (yerdan foydalanish toifalarini tavsifi va boshqa kadastr ma’lumotlari). Kadastr xaritalar va planlar joyining re’lefi haqida ma’lumotga ega bo’lmasligi mumkin. Nuqtalarning koordinatalarini aniqlash uchun tayanch chegaralarini belgilovchi tarmoqlar (TCHBT) va (TCHB) belgilardan foydalanishadi:
Ishlab chiqarishda quyidagi asboblarni qo’llaydilar: - sputnikli geodezik moslamalar; - elektron taxeometrlar; - svetodal’nomerlar; - teodolitlar; - fotogrammetrik (ishlar) asboblar. Ushbu bobda yer tuzish ishlarining asosiy turlarini bajarilish uslubiyatlari va unga quyilgan talablar tahlili o’tkazildi, yer kadastrining asosiy prinsiplari ochib berilgan, shuningdek, elektron taxeometr (Yaponiyada ishlab chiqilgan TOPCON GPT 3000 N) yordamida uslubiy tadqiqot ishlari bajarilgan.
3-BОB. YER TUZISH ISHLАRINI BАJАRISHDА ELEKTRОN TАХEОMETRLАRDАN FОYDАLАNISH USLUBIYATI 3.1.Elektrоn tахeоmetr uslubiyatlari va zamonaviy vositalarni tahlil qilish Oxirgi yillar geodezik amaliyotda, injenerlik - geodezik ishlarni ishlab chiqarishda va avtomatlashtirilgan taxeometrik syomkalarni bajarish uchun mo’ljallangan sifatli geodezik o’lchash vositasi, keng tarqalgan elektrоn tахeоmetrlar vujudga keldi. Elektron tахeоmetr (ET) – bu uzoq masofali qismlarni va burchaklarni ulash, nazorat qilish va o’lchash jarayonlarini boshqarishni (mikroEHM asosida) ta’minlovchi indikatorli qurilma. Tахeоmetrning
elektron hisoblash asosini yig’ilgan ko’satkichlar va joylashish qismi tashkil qiladi Elektron taxeometrlarning tez rivojlanishi, burchak va chiziqlarni o’lchashda yuqori darajali avtomatlashtirish farqida, tizimlarga ishlov berish, tashkiliy qismlar sifatida kiritish yoki asboblarning ko’rsatilgan qismi va yuqori darajada avtomatlashtirilishi alohida jarayon emas, umuman olganda topografik syomka hisoblanadi. Bunda chiziqli-burchak o’lchashlar ancha avtomatlashtirilgan va ayni vaqtda topografik syomkani bajarishda elektron taxeometrdan foydalanib, ana shu ishlarni olib borishni ta’minlashdan iborat. Elektron taxeometrlar quyidagi ishlarni bajarishda qo’llaniladi: Topografik –geodezik ishlarni olib borishda, dala ishlarida, qurilish maydonlarida, gidromeliorativ ishlarni ishlab chiqarishda, yirik mashinasozlik, kemasozlik, muhandislik va muhandislik-geodezik qidiruv ishlarida, geologik qidiruv ishlarida, harbiy ishlarda va ko’p boshqa ishlarda. Elektron taxeometrlar yordamida ish bajarishda, ko’plab amaliy vazifalar hal qilinadiki, ya’ni, rejalash ishlarining asosiy elementlari bo’lib, joyda loyihaviy burchak o’lchash, loyihaviy masofani qo’yish, loyihaviy otmetkani joyiga ko’chirish, loyihaviy chiziq va tekislikni joyiga ko’chirishlar, topografik xarita va rejalarni yaratish va yangilash hisoblanadi. Zamonaviy elektron taxeometrlar oldingi asboblardan shunisi bilan farqlanadiki, o’lchashlar va hisoblashlar to’la avtomatlashtirilgan bo’lib, raqamli harita va rejalarni yangilash imkoniyatini tashkil etadi, ko’p quvvat talab qilmaydi. Ichiga o’rnatilgan kichik elektron hisoblash mexanizmi (EHM) o’lchash jarayonini unumdorligini ko’taradi, ishlarni xatosiz bajarilishini ta’minlaydi, o’lchash natijalariga ishlov beradi. Elektron hisoblash mexanizmini (EHM) barcha ichki jarayonlari avtomatlashtirilgan bo’lib, qurilmani ulashda: masofalarni o’lchash; nuqtalarni koordinatalarini va boshqa o’lchamlarga ishlov berish; displey va to’plagichga natijalarni berish; radiokanal orqali belgilangan joylarga topshirish; asbobni vertikal o’qlarini nishabliklarini hisoblash; ekssentrisitetli limb xatosini bir tomonlama hisoblash;
meteosharoit tuzatishlar kiritish; nuqtalarni koordinatalariga ishlov berish uchun ma’lumotlar olish; raqamli kartalar yoki joyni planiga ishlov berish uchun ma’lumotlar ro’yxatga olinadi. Elektron taxeometrlarning tuzilishi burchaklarni o’lchashda doiraning ikkita vaziyatini hisobga oladi, boshqalarda doiraning birgina vaziyatida burchak o’lchanadi – bunday tartibdagi o’lchashlarda xatoliklar vujudga keladi. Taxeometrlarning ko’rish trubasi ko’p qirrali ko’rinishda tuzilgan bo’lib, qabul qilish-uzatish tizimining dalnomer qismi bilan biriktirilgan. Bunday turdagi elektron asboblar vertikal aylanma o’qlar nishabligini avtomat ravishda hisoblashi mumkin. Zamonaviy elektron taxeometrlarning yaratilishi, oxirgi o’n yilliklar ichida, qachonlardir yaratilgan optik-mexanik taxeometrlar, kodli teodolitlar va elektron dalnomerlar, geodezik asboblarning rivojlanishining natijasi hisoblanadi. An’anabiy mutaxasislashtirilgan barcha yetakchi xorijiy firmalar va optikmexanik, optik-elektron geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchilar, elektron taxeometr (ET) ning turli tuzilishini dunyo bozoriga taqdim etadilar. Rossiyadagi o’zining savdo vakolatiga ega - Carl Zeis (Germaniya), Leica AG (Shvetsariya), Topcon (Yaponiya) firmalarda, eksperimental optik-mexanik zavodda (EOMZ) va Ural optik-mexanik zavodda (UOMZ) ishlab chiqaradilar. Bizning yurtimizda elektron taxeometrga (ET) ishlov berish va ishlab chiqarish O’zGASHLITI da amalga oshiriladi. Zamonaviy bo’lgan elektron taxeometr (ET) ni quyidagicha taqsimlash mumkin: oddiy, universal va robotlashtirilgan. Oddiy elektron taxeometr (OET) –eng kam avtomatlashtirilgan va g’oyat katta dasturiy ta’minlangan asbobdir. Bunday taxeometrda burchaklarni o’lcham aniqligi 5-10″, chiziqlar uzunligi ( 3 + 5 * 10-6 D ) мм.
Ular katta miqdorli son va bir qator dasturlar bilan jihozlangan. . Bunday taxeometrda burchaklarni o’lcham aniqligi 1-5″, chiziqlar uzunligi (2+3*10 -6 D) мм. Robotlashtirilgan elektron taxeometr (RET) – avvalgi hamma guruhlar bilan
imkoniyatlarni egallovchi servomotorli taxeometr. Servomotor radiokommunikatsiya tuzilishiga ega qurilma. Hamma tizimlarni avtomat ravishda kuzatish, aks ettirishga ijozat beruvchi asboblar toifasiga kiruvchi taxeometrlar-robotlar. Zamonaviy elektron taxeometrlarga asosiy texnik tavsifnoma 1- ilovada taqdim etilgan. Konstruktiv va texnologik o’ziga xos xususiyatga ega elektron taxeometrlarni ishlab chiqarishda foydalanish yuqori darajali imkoniyatlarni beradi (jadvaldagi 1- ilovada asboblarni nomeri, qo’shtirnoq ichida ko’rsatilib berilgan). Bularga asosan quyidagilar tegishli:
Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling