4
5
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi. - Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi.
- Kondensatsiya nazariyasining to‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aristotel nemis gidrogeologi Folger rus tuproqshunos olimi Lebedev va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Suvning bu zaylda bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar.
6
Yer osti suvlarini ma’lum guruhlarga ajratilishida, ya’ni klassifikatsiyalanishida ularning vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan yoki yotishi, joylashish sharoiti va holati, paydo bo‘lish davri, harorati, fizik xossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lish sharoitiga qarab infiltratsion, kondensatsion va yuvenil suvlarga ajratiladi. Yer osti suvlari tog‘ jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. G‘ovak suvlar — yer qobig‘ining eng yuqorigi, yuza qismini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar. - Yer osti suvlarini ma’lum guruhlarga ajratilishida, ya’ni klassifikatsiyalanishida ularning vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan yoki yotishi, joylashish sharoiti va holati, paydo bo‘lish davri, harorati, fizik xossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lish sharoitiga qarab infiltratsion, kondensatsion va yuvenil suvlarga ajratiladi. Yer osti suvlari tog‘ jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. G‘ovak suvlar — yer qobig‘ining eng yuqorigi, yuza qismini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |