Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi. - Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi.
- Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisublanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi (S02), azot oksidi (NO), uglerod oksidi (CO), benzopin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma`lumotlarga ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni sulfat gazi bilan 2 barobar tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko`proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar va havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi.
Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. - Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |