Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Download 0.51 Mb.
|
Musayeva Maloxat BMI
Yong’in xavfsizligi
Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 «Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari» va GOST 12.1.010-90 «Portlash xavfi. Umumiy talablari»ga va ushbu qoidalarga muvofiq ta‘minlanishi lozim. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaxarlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (okova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta‘minlanishi lozim. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta‘minlangan bo‘lishi shart. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun yong‘in xavfsizligi davlat xizmati hududiy organi bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste‘molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 27-son, 317-modda) hamda Iste‘molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 33-son, 379-modda) va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. Yoritish va quvvatli uskunalar xamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo’lishi shart. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritkichlari bo’lishi lozim. Avariya yoritkichlari boshqa yoritkichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim.Yong’inlar sanoat korxonalari xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, turar joy binolarida yuz berishi mumkin bo’lgan hodisa hisoblanadi. Yong’in chiqmasligini ta’minlash yong’in chiqqan taqdirda uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora tadbirlarini ko’rish birinchidan moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchidan inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolish chora – tadbirlarini amalga oshirilishi, mehnat muhofazasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Evakuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo’lmagan holda loyihalanadi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir- biridan ma’lum masofada uzoqlashtirilgan bo’ladi[11]. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling