Ushbu radiatorlarni tizimga ulash uchun ham mis quvurlar talab etiladi, bu esa uning montajini ham qimmat bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu turdagi radiatorlar issiqlik tashuvchining 150℃ gacha haroratga, 50 atm.gacha bosimga hisoblanadi hamda ulardan foydalanish muddati 50 yildan oshiq muddatni tashkil etadi CHO‘YAN RADIATORLAR CHo‘yan radiatorlar tizimdagi 9 atm. bosim va suvning 130℃ gacha bo‘lgan haroratiga hisoblangan bo‘ladi. CHo‘yan radiatorlar sekin isiydi, lekin o‘zidagi mavjud issiqlikni uzoq vaqt mobaynida ushlab turadi. CHo‘yan radiatorlar xonalarga konvektiv-radiatsion issiqlik tarqatuvchi uskunalardan iborat bo’lib, tuzilishi jihatidan ustunli elementi-bo’lmasi yumaloq, ellips shaklida yoki yassi blo’kda o’rnatilgan egri-bugri kanalli shaklga ega bo’ladi. Radiatorlar qo’ng‘ir cho’yan eritmasidan devor qalinligi 4 mm qilib quyilib, bo’limlar soni talab qilingan hisobiy issiqlik miqdoriga asoslanib qabul qilinadi. ALYUMIN RADIATORLAR Alyumin radiatorlar juda yaxshi issiqlik uzatadi. Ular tizimdagi 25 atm. bosim va suvning 130℃ gacha bo‘lgan haroratiga hisoblangan bo‘ladi. Alьyumin radiatorlar tizimdagi bosim o‘ynashiga chidamsiz va yuqori sifatli issiqlik tashuvchini talab etadi. Issiq suvning sifati yaxshi bo‘lmasa, alьyumin seksiyalarni tezda ishdan chiqaradi. PO‘LAT RADIATORLAR Po‘lat radiatorlar – panel ko‘rinishidagi radiatorlar bo‘lib, texnik parametrlariga ko‘ra cho‘yan va alьyumin radiatorlarning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini tashkil etadi. Ular ham yuqoridagi radiatorlar singari korroziyaga chidamli. Ushbu radiatorlar 10 atm. gacha bosimga va 120℃ gacha haroratga mo‘ljallangan bo‘ladi. ISITISH ASBOBLARINING TURLARI Barcha isitish asboblari issiqlik berish uslubi jihatidan uch guruhga bo‘linadi: 1. Radiatsion asboblar, ular umumiy berilgan issiqlikdan 50% ni issiqlik nurlanishi orqali beradi (shiftga urnatilgan isitish panellari va issiqlik nurlantiruvchi asboblar).
Do'stlaringiz bilan baham: |