Toshkent arxitektura qurilish instituti pedagogika psixologiya fanidan mustaqil ish


Download 43.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.11.2023
Hajmi43.04 Kb.
#1785811
  1   2   3   4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 
 
PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA FANIDAN
 
MUSTAQIL ISH 
 
MAVZU: Pedagogik-psixologiyaning predmeti
va vazifalari 
 
 
Bajardi: CHorieva U. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2014 


 
 
Reja: 
1. 
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari. 
2. 
Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, 
uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. 
3. 
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. 
 
Tayanch iboralar: shaxsning tarkib topishi qonuniyatlari, ta’lim, tarbiya, 
biogenetik, sosiogenetik konsepsiyalar, kuzatish, suhbat, tematik – statistik, 
biografik, eksperiment, mehnat ta’limi, o’quvchining bilim faoliyati, ta’limning 
shakllarini nomoyon bo’lishi. 


1. 
Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari. 
Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va 
tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va 
mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va 
xatti-harakatlarining 
psixologik 
qonuniyatlarini 
o’rganuvchi 
pedagogik-
psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan 
joyidan o’rin egallagandir. 
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini 
egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, 
o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini 
tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri 
oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv 
materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim 
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, 
asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar 
kabi muammolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik 
asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish 
tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi. 
Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib 
topish muommolarini o’rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam 
aloqada ish ko’radi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, qurollari, ta’lim va 
tarbiyaning samarali metodlari, o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga 
tayyorlash masalalarini har bir o’quvchining o’ziga xos sifatlarni bilmay turib, 
amalga oshirib bo’lmaydi. 
O’quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o’sa borishi, o’quvchilar 
jamoasidagi o’zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o’quvchida bilimlarni 
o’zlashtirish malaka va ko’nikmalarini bilmay turib, ta’lim va tarbiya ishida 


muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat 
qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat: 

Download 43.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling