Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil


Download 110.7 Kb.
bet6/8
Sana23.12.2022
Hajmi110.7 Kb.
#1049310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduqayumova Muslima buxgalteriya kurs ishi

1.5. Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil
Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tahlil vositasida korxona-
dagi muayyan ish joyi, smena, zveno, brigada yoki sex faoliyatini alo-
hida-alohida o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir elementni alo-
hida o‘rganish obyektga taalluqli bo‘lgan hodisa va jarayonlarni aniq
bilishga hamda ko‘rsatkichlarni korxonaning umumiy faoliyatiga qay
tartibda, qanchalik ta’sir qilayotganini ko‘rsatib beradi.
Mazkur tahlil turi korxona tarkibidagi faqat bir bo‘lim yoki sohani
to‘liq va chuqur o‘rganish uchun tashkil etiladi. Xulosalari esa shu bo‘-
lim yoki sohaga taalluqli bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tahlilda ko‘proq
miqdor o‘lchamidagi ko‘rsatkichlar tadqiq etiladi hamda ko‘rsatkichlarni
yanada yaxshilash evaziga yakuniy faoliyatning samarali natijalari bel-
gilab olinadi.
Ichki xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy manbalar bo‘lib o‘r-
ganiladigan bo‘lim yoki soha bo‘yicha tuzilayotgan hisobot ma’lumot-
lari hamda buxgalteriya hisobotlari, boshlang‘ich hujjatlar, statistik va
tezkor hisob ma’lumotlari sanaladi. Xo‘jalik ichki faoliyatini o‘rganish-
dagi maqsadlardan biri korxonadagi eng ilg‘or tajriba yoki eng qoloq
holatlar nimalardan iborat ekanligini bilib olishdir.
Korxonalararo tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni ikki va undan
ortiq korxonalarning xuddi shunday ma’lumotlari asosida taqqoslab
o‘rganish tushuniladi. Bunday tahlilni tashkil etishning zaruriyati kor-
xonalar o‘rtasida o‘rtacha yoki eng yuqori natijalar darajasini bilishdir.
Muayyan korxonaning erishgan natijasi yoki o‘rtacha ko‘rsatkichi boshqa raqobatdosh korxonalarda qanchalik ekanligini ko‘rish, va
boshqa korxonalar o‘rtasida o‘rganilayotgan subyekt qanday mavqega
egaligini bilishdir.
Korxonalararo tahlilni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qara-
tilishi lozim:
korxonalar ixtisosi, hajmi va boshqa sharoitlari bir xil bo‘lishi
zarur;
– taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarning aniqlanish uslublari aynan bir
xil bo‘lishi lozim.
Raqobatdosh iqtisodiyotda korxonalararo tahlil turining ahamiyati
beqiyosdir.

Download 110.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling