Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti
Download 110.7 Kb.
|
Abduqayumova Muslima buxgalteriya kurs ishi
1.6. Tahlilning boshqa turlari
Mavzuga oid tahlil. Xo‘jalik faoliyatida muayyan mavzuga oid bo‘l- gan jarayonlar va ularga tegishli bo‘lgan obyektlarni alohida tarzda, batafsil va tizimli o‘rganishga ehtiyoj mavjud bo‘ladi. Misol uchun, mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning tahlili, asosiy vositalar tahlili, material resurslar va ulardan foydalanish tahlili kabilar. Ushbu tahlilda mavzuga oid barcha jihatlar chuqur va keng ko‘lamda o‘rganiladi. Boshqa tahlil turlarida mavzuga tegishli jihatlar tahlil turlari maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib o‘rganiladi, xolos. Marjinal tahlil. Xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan turlarga aj- ratib foyda hajmini aniqlash va uning samaradorligini oshirishga qara- tilgan tahlil. Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil turi aniq mehnat bilan mahsu- lotning belgilangan sifatlarini saqlab qolgan holda, natural ko‘rinishida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini sabab-oqibat asosida o‘rganadi. Bunga misol qilib mehnat resurslari, asosiy vositalar, xom- ashyolar, texnologiyalar va shu kabilarning moddiy ko‘rinishdagi o‘zaro uzviy faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Mazkur tahlilni olib borishdan maqsad ularni o‘zaro yanada muvofiqlashtirish hamda bu boradagi inno- vatsion yangiliklarni joriy qilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil. Har qanday iqtisodiy faoliyatdan kutilayot- gan asosiy natija u jamiyatga (korxona va uning xodimlari, korxona faoliyati bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan insonlar hayoti va shu kabilar) qanday ijtimoiy sharoitlar yaratgani va ularning rivojlantirib borayotgan- ligi bilan baholanadi. Misol uchun, ishlab chiqarishda xodimlar sog‘ligi- ga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish, xodimlar sog‘ligini doimo mustahkamlovchi omillarni vujudga keltirish, maishiy, uy-joy, sport, ma’naviy tadbirlar va shu kabilar. Bu bilan me’yordagi mehnat sha- roitlari tashkil etiladi. Xuddi shu jihatlar ijtimoiy tahlil vositasida o‘r- ganiladi. Maqsad esa yaxshi sharoit qanchalik ish unumining oshishiga ta’sir etayotganligini va ular o‘rtasidagi sabab-oqibatlarni bilishdir. Iqtisodiy-ekologik tahlil. Korxonalar faoliyatida ekologiya bo‘yicha tahlilni olib borish davrimizning dolzarb vazifasidir. Mazkur tahlilda jamiyatning, xususan korxona faoliyatining tabiat bilan munosabati hamda unga ko‘rsatayotgan ta’sirlari tadqiq qilinadi. Ekologiya tahlilini olib borishdan maqsad jamiyat va tabiat o‘rtasi- dagi muvozanatni doimo saqlash hamda uni imkon qadar yaxshilashdir. Ekologik tahlilni samarali amalga oshirish jamiyatning rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Download 110.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling