Toshkent arxitektura qurilish universiteti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


Zavod bo’yicha umumiy xarajatlarni hisoblash


Download 0.69 Mb.
bet19/21
Sana16.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1667484
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Akramxonov diplom

3.8 Zavod bo’yicha umumiy xarajatlarni hisoblash
Zavod bo’yicha umumiy xarajatlar o’z ichiga boshqarishga va tashkiliy ishlarga ketgan xarajatlar, kadrlarni tayyorlash, zavod bo’yicha umumiy uskuna va jihozlarni ta’mirlash, zavodni qo’riqlash va hokozo.
Bu xarajatlar ishlab chiqaruvchi ishchilarning asosiy hamda qo’shimcha ish haqlarining 45 % miqdorida bo’ladi:
368284843000x0.45%=818410762
3.9 Brak bo’yicha yo’qotishlarni hisoblash
Brak bo’yicha yo’qotishlarni hisoblashda xom ashyoviy materiallarning 1-5 % miqdorida hisoblanadi.
30919048600 x 0.01=30319048 so’m.


3.10 Mahsulotning fabrik - zavod narxini topish
Mahsulotning fabrik - zavod narxi sexdagi xarajatlar, ya’ni sexning smeta xarajatlari, zavod bo’yicha umumiy xarajatlar va brak bo’yicha yo’qotishlar asosida hisoblanadi:
222361258+818410762+30319048=107109107 so’m.


3.11 Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlarni topish
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar o’z ichiga mahsulotni realizatsiya qilish va jamoat tashkilotlariga mablag’ o’tkazish qiymatlarini oladi. Loyihada ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar miqdori mahsulotning fabrik - zavod narxining 4 % miqdorida olinadi.
107109107 x 0.04=4284364 so’m.

4.Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi


Reja:

    1. Mehnat xavfsizligi va Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlarida mehnat muhofazasining tutgan o’rni.

Peno

    1. Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlari sanitariyasiva mehnat gigiyenasi.

    2. Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlarida mehnat xavfsizligi.

    3. Yong’in xavfsizligi.



4.1. Mehnat xavfsizligi va Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexlarida mehnat muhofazasining tutgan o’rni.
Ko’pik beton bloklari ishlab chiqarish sexining mehnat xavfsizligi hizmatining asosiy vazifalari ishlab chiqarish jarayonlarida va unga bog’liq bo’lgan ish jarayonlarida sodir bo’ladigan jaroxatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi va xizmatchiga ish sharoitini yaxshilab berish ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini mustaqil takomillashtirish, qurilishda mehnat mehnat madaniyatini oshirish baxtsiz hodisalarni oldini olishda qaratilgan tashkiliy, texnik, sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
Mehnat muhofazasining zamonaviy qurilishda, obyektlarida Ko’pik beton bloklar sehlarida tutgan o’rni katta. Hozirgi kunda qurilish tartibi xalq xo’jaligining eng murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan biriga aylanib qoldi. Ishchilarning kasbiy salohiyatini oshirish ishning sifatiga va ularning xavfsizligiga uzviy bog’liq hisoblanadi. Mehnat havsizligini to’la va tez ta’minlangani uchun ishchi va xizmatchilarning mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirishga majbur qila oladigan uslubiy tadbir kerak, bunda ishchilarning mehnati natijalariga moddiy ta’sir ko’rsata olsin. Mehnat xavsizligini boshqarish - bu mehnat jarayonida odamlarning saqlab qolishga qaratilgan bir qator texnikaviy, tashkiliy, tozalik va davolanish bo’yincha chora - tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarilishini ta’minlash nazorat qilib borishdan iboratdir.
Ko’pik beton blok ishlab chiqarish sehlarida mehnat xavsizligini boshqarishni tashkilot bo’yincha bosh muhandis, brigada bo’limlarida va qurilish maydonlarida esa muttasadi raxbar xodimlar amalga oshiradilar. Uslubiy va tashkiliy ishlarni bu borada havfsizlik muhandisi olib boradi.
Hozirgi zamon qurilish targ’iboti xalq xo’jaligining eng murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan biriga aylanadi.
Bunda ishchi va xizmatchilarning kasbiy masalasi ishning sifatida va ularning xavfsizligiga bevosita bog’liqdir.
Qurilish korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini tashviqot qilish maqsadida xavfsizlik texnikasi ko’rgazmalari tashkil etiladi.
Zamonaviy qurilish ob’ektlari amalga oshiriladigan turli xil texnologiyalar va texnik jihozlar bir tomondan quriladigan bino va inshootlar va boshqa ob’ektlarning mustahkam va chidamli bo’lishini ta’minlaydi. Og’ir ishlarning bajarilishi yuqori unumli bo’lgan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ular turli xil xavfli va zararli omillarning manbalari hisoblanadi.
Mazkur xavfli va zararli omillarning ishchi va xizmatchilar hayoti va sog’lig’iga salbiy ta’sir etishini bartaraf etish yoki ruhsat etilgan darajagacha kamaytirish va ushbu sohadagi ish beruvchi va ishchilar munosabatlarini tartibga solish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Buni e’tiborga olgan holda diplom loyihasida mavzu bilan bog’liq bo’lgan mehnat masalalari berilgan topshiriq asosida yoritilgan.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling