Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilishni boshqarish fakulteti mustaqil ish


Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflar, ularning huquq va majburiyatlari


Download 6.66 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi6.66 Kb.
#1618881
1   2
Bog'liq
Qurilishni boshqarish fakulteti mustaqil ish mavzu qurilishda p-fayllar.org

Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflar, ularning huquq va majburiyatlari.
Pudratchi buyurtmachining topshirig’iga asosan muayyan ishlarni amalga oshirish bo’yicha shartnoma tuzar ekan, uning asosiy huquq va majburiyatlari buyurtmachi topshirig’iga asosan ishni bajarish va uning haqini talab qilib olish bilan bog’liq holda vujudga keladi.
Pudratchi, qoida tariqasida, qat’iy baho (qat’iy smeta)ni oshirishni, buyutmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi kerak bo’lgan ishning to’la hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tutish imkoniyati bo’lmagan hollarda ham, haqli emas.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo’lgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko’rsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin bo’lmagan hollarda pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Pudratchi qurilish va u bilan bog’liq bo’lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo’yiladigan boshqa talablarni belgilay­digan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.
Ko’p hollarda bino va inshootlarning qurilishi namunaviy loyihalar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday hollarning qo’llanishi loyihalash hujatlarini irmuncha kamaytirish va narxini ham arzonlashtirishga imkon beradi.
Loyihalash ikki bosqichli bo’lganda loyiha ikki yo’l bilan: loyiha topshirig’ini va ish chizmalarini tayyorlash yo’li bilan amal­ga oshiriladi. Loyiha topshirig’ida qurilishning texnikaiy imko­niyatlari va iqtisoiy tomondan maqsadga muvofiqligi tekshiriladi, qurilish bo’yicha belgilangan muddatlar, qurilish maydonining to’g’­ri tanlanganligi, qurilishni asosiy xom ashyo, elektr energiyasi hamda suv va qurilish materiallari bilan ta’minlash manbalari, qurilishning umumiy qiymati hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkich­lari belgilab beriladi
Ish chizmasi va smeta o’z mohiyati jihatidan qurilish ishlarini aniq ko’rsatib beruvchi hujjat bo’lib hisoblanadi. Shartnoma tuzishda va qurilish ishlarini olib borishda ularning ahamiyati kattadir.
Pudratchi qurilish davomida losiha-smeta hujjatlarida hi­sobga olinmagan ishlarni, shu munosabat bilan qo’shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlab, buyurtmachiga xabar qilmagan holda yoki uning javobini kutmasdan, buyurtmachining manfaatlarini ko’zlab, xususan, ishning to’xtatilishi qurilish obyektining nobud bo’lishiga yoki shikast­lanishiga olib kelishi mumkin bo’lganligi munosabati bilan darhol harakat qilishi zarur bo’lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo’shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to’lashni va shu tufayli ko’rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo’ladi.
Loyiha-smeta hujjatlari texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi, resurslardan oqilona foydalanishni, atrof-muhitga zarar yetkazmasligini to’liq hisobga olishi lozim. hisolanadi Loyiha bo’yicha bajarilgan ishning qiymati pudratchiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra smetadan kamida 10% oshgan bo’lsa, pudratchi Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, smetani qaytako’rib chiqishni buyurtmachidan talab qilishga haqli.
Qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, shartnoma taraflarning kelishuvchiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan ham o’zgartirilishi mumkin. Shuningdek, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash va yo’qotish bilan bog’liq bo’lgan maqbul xarajatlarni buyurtmachidan talab qilishga haqlidir. Maqbul xarajatlar har bir holat bo’yicha alohida hisoblanishi va ular real bo’lishi mumkin.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


  • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


http://fayllar.org
Download 6.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling