Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti Fan: Gruntlar mexanikasi,Zamin va poydevorlar


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1396639
  1   2   3   4
Bog'liq
Gruntlarning siljishga qarshiligi (1)

Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti

Fan:Gruntlar mexanikasi,Zamin va poydevorlar

Guruh:BIQ 105-21

Bajardi: Ibragimov Sh.Q

Tekshirdi:

Gruntlarning siljishga qarshiligi

  • Mustahkamlik deganda so‘zning keng ma’nosida materialning buzilishga yoki katta plastik deformatsiyalar rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatish xossalari tushuniladi. Fizikada mustahkamlikning yagona nazariyasi hozircha yaratilmagan va turli materiallar uchun eksperimentlarning natijalariga eng aniq muvofiqlikni ko‘rsatuvchi nazariyalardan foydalaniladi.
  • Qumli gruntlarga tatbiqan 1773-yilda fransuz olimi SH.Kulon ularning yemirilishi gruntning bir qismi ikkinchi qismi bo‘ylab siljishi hisobiga yuz berishini eksperimental yo‘l bilan aniqlagan. Qumli va yirik toshli gruntlarning siljishga qarshiligi asosan siljuvchi zarralar o‘rtasidagi ishqalanish va ularning bir – biriga ilashishi natijasida yuzaga keladi. Bu gruntlarda cho‘zilishga qarshilik deyarli mavjud emas, shu sababli qumli va yirik toshli gruntlar ko‘pincha sochiluvchan gruntlar deb ataladi.

Mustahkamlik (siljish hisobiga buzilish)ning shunday konsepsiyasi keyinchalik changsimon – loyli gruntlarga nisbatan ham tatbiq etildi. Biroq ularda buzilish (yemirilish) jarayoni ancha murakkabroq rivojlanadi. Ularda mavjud suvli – colloid va sementatsion bog‘lanishlar changsimon – loyli gruntlarga cho‘zilishga nisbatan ma’lum darajada qarshilikni ta’minlaydi. Bu gruntlar ko‘pincha bog‘lanishli gruntlar deb ataladi. Gruntlarning siljishga qarshiligi asosan ularning zichligi, namligi, granulometrik va mineral tarkibi, zo‘riqish holati bilan belgilanadi. Gruntlarning siljishga qarshilik ko‘rsatkichlari mustahkamlik ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi va doim eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi.

  • Mustahkamlik (siljish hisobiga buzilish)ning shunday konsepsiyasi keyinchalik changsimon – loyli gruntlarga nisbatan ham tatbiq etildi. Biroq ularda buzilish (yemirilish) jarayoni ancha murakkabroq rivojlanadi. Ularda mavjud suvli – colloid va sementatsion bog‘lanishlar changsimon – loyli gruntlarga cho‘zilishga nisbatan ma’lum darajada qarshilikni ta’minlaydi. Bu gruntlar ko‘pincha bog‘lanishli gruntlar deb ataladi. Gruntlarning siljishga qarshiligi asosan ularning zichligi, namligi, granulometrik va mineral tarkibi, zo‘riqish holati bilan belgilanadi. Gruntlarning siljishga qarshilik ko‘rsatkichlari mustahkamlik ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi va doim eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi.
  • Bir o‘qli sinovlar. Mazkur sinovlar, odatda, qoyatosh gruntlarning namunalari uchun o‘tkaziladi. Sinovlarda diametri yoki kesim tomoni 40...45 mm bo‘lgan silindrsimon namunalardan foydalaniladi. Faqat yuklash namuna to‘la buzilgunga qadar amalga oshiriladi. Bunda olinuvchi kattalik Rc=Fch/A, bu yerda Fch – chegaraviy buzuvchi kuch, A – namunaning ko‘ndalang kesimi yuzasi, yakka o‘qli siqishga nisbatan grunt namunasining mustahkamligi deb ataladi. Har xil qoyatosh gruntlar uchun u keng doirada: bo‘rlar, juda bo‘sh ohaktoshlar va qumtoshlar 1...5 MPa dan juda mustahkam bazaltlar, gabbro, marmarlar uchun 250...300 MPa va undan katta miqdorgacha o‘zgaradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling