sistemaning materiali ideal elastik va chiziqli deformatsiyalanuvchi;
yuklar ta’sirida sistemaning asosiy o‘lchamlari deyarli o‘zgarmaydi;
kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi;
materialning istalgan nuqtasi-dagi kuchlanish proporsionallik chegarasidan oshmaydi, ya’ni P Guk qonuniga bo‘ysinadi.
Tashqi va ichki kuchlarning haqiqiy bajargan ishi va bajarishi mumkin bo‘lgan ishlari.
Tashqi kuchlarning haqiqiy bajargan ishi.
Elastik sistemaga asta-sekinlik bilan ortib boruvchi statik P kuchning bajargan ishini aniqlaymiz.
Elastik sistema P kuch ta’siridan deformatsiyalanadi. Elastik sistemadagi har qanday nuqtaning ko‘chishi, Guk qonuniga asosan, uni hosil qiluvchi kuch miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir.
ΔiR = a×Pi (16.1)
bu erda a - inshoot elementlari o‘lchamlariga va materialiga bog‘liq koeffitsient.
A garda tashqi Pi kuch miqdoriga dPi orttirma berilsa, kuch qo‘yilgan nuqta qo‘shimcha dΔip miqdorga ko‘chadi (16.3-rasm) va Pi + dPi kuch o‘zi qo‘yilgan nuqta bilan shu miqdorga ko‘chib, ish bajaradi.
dA = (Pi + dPi) d ΔiR = Pi dΔiR + dPi dΔiR ,
b u erda dPi dΔiR - ikkinchi tartibli cheksiz kichik miqdor bo‘lganligi uchun hisobga olmasa ham bo‘ladi.
U holda
dA = Pi d ΔiR = aPi dPi bo‘ladi.
Bu ifodani integrallab, Ri kuchning bajargan to‘la ishini aniqlaymiz:
(16.2)
Shunday qilib, tashqi kuchning haqiqiy bajargan ishi shu kuchni, uning yo‘nalishi bo‘yicha hosil bo‘lgan ko‘chish miqdoriga ko‘paytmasining yarmiga teng (16.4-rasm).
Agar sistemaga moment M qo‘yilgan bo‘lsa (16.5-rasm), uning bajargan ishi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
(16.3)
bu erda j - moment qo‘yilgan ko‘ndalang kesimning burilish burchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |