Тошкент автомобил-йўллар институти Йўл қурилиш машиналари кафедраси


Ichki o'zaro almashinuvchanlik deb


Download 438.5 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi438.5 Kb.
#1368690
1   2   3
Bog'liq
Mavzu 5

Ichki o'zaro almashinuvchanlik deb, qismlarning tarkibiga kirgan alohida detallarning yoki buyum tarkibiga kiruvchi qismlar va mexa-nizmlarning o'zaro almashinuvchanligi tushuniladi. Masalan, g'ildirash podshipnigining g'ildirovchi jismlari va halqalari ichki o'zaro almashinuvchanlikka ega. O'zaro almashinuvchanlik o'z navbatida to'liq va chala (cheklangan) bo’ladi. To'liq o'zaro almashinuvchanlik deb, buyumlarning talab etilgan darajada sifatli bo'lishi uchun detallarning geometrik, mexanikaviy, elektr va boshqa ko'rsatkichlari birlashtiriladigan har qanday tarkibiy qismlarni qo'shimcha ishlovsiz, moslamasdan, tanlamasdan yoki rostlamasdan yig'ishga (yoki ta'mirlashda almashtirishga) imkon beradigan aniqlikda bajarilganda amalga oshuvchi o'zaro almashinuvchanlik ataladi.

  • To'liq o'zaro almashinuvchanlik yig'ish jarayonini osonlashtiradi, ya'ni, ushbu jarayon malakasi past bo'lgan ishchilar ham bajara oladigan detallarni birbiriga oddiy qo'shish operatsiyasiga aylanadi; yig'ish ishlari vaqtini me'yorlash, ishni kerakli sur'atda joriy qilish, oqim usulini qo'llash imkoniyatlari yuzaga keladi, detallarni tayyorlash va yig'ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sharoitlar tug'iladi; buyumlarni ta'mirlash osonlashadi, chunki yeyilgan, singan detal yoki yig'ma qism o'rniga osongina yangi (ehtiyot) qism o'rnatiladi.
  • To'liq o'zaro almashinuvchanlikni iqtisodiy nuqtayi nazardan aniqligi 6 kvalitetdan oshmagan joizlik bilan ishlangan va tarkibida ko'p detallar bo'lmagan yig'ma qismlar hamda buyumlar bir qismida ham berilgan tirqish yoki taranglikka rioya qilmaslikka yo'l qo'yilmagan holda qo'llash maqsadga muvofiq. Aks hollarda foydalanish talablarini qondirish uchun detal va yig'ma qismlarni kichik, iqtisodiy jihatdan mos kclmaydigan yoki murakkab texnologik jarayonlarda bajariladigan joizliklar bilan ishlanishi kerak. Bu holatlarda yig'ishning kerakli aniqligini ta'minlash uchun detallarni guruhiy saralash (selektiv yig'ish), kompensatorlar o'rnatish, mashina va asboblar ba'zi qismlarining joylarini o'zgartirish, moslash va boshqa texnologik tadbirlar qo'llaniladi. Bunda yig'ish qismlari va dctallarga bo'lgan sifat talablari bajarilishi shart.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling