Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
Download 61.11 Kb.
|
XOLLIYEV MAQSUD 252-18(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asinxron elektr mashina
- Elektr mashina
- Asinxron elektr dvigatel
- Kollektorli mashina
- Sinxron generator
- O’zgarmas tok mashinasi
- Dvigatel-generator
- Elektr dvigatel
TOSHKENT AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI. Avtomabil transporti ekspluatatsiyasi fakulteti Avtomabil transporti yo’l qurilish mashinalari va jihozlarini ekspluatatsiyasi yo’nalishi 2-kurs 252-18 guruh talabasi Xolliyev Maqsudning elektrotexnika va elektronika fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Xolliyev M Qabul qildi: Xudoyberganov S
MAVZU: ASINXRON MASHINALARI. ULARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINSIPI VA TURLARI. REJA. 1.ASINXRON MASHINALARINING TUZILISHI. 2.ASINXRON MASHINALARNING ISHLASH PRINSIPI . 3.ASINXRON MASHINALARNING TURLARI. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR INTIRNET RESURISLARI Asinxron elektr mashina — Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan o’zgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga o’rnatilgan po’lat o’zak va o’zakka o’ralgan chulg’amlardan iborat stator hamda o’qqa o’rnatilgan va ariqchalariga chulg’amlar joylashtirilgan po’la o’zakdan iborat rotor. Rotor o’zagi ham, stator o’zagi ham po’lat plastinalardan yig’iladi. Chulg’amlarning bir-biriga o’zaro ulanishi va manbadan tok bilan ta’minlanishi usuliga ko’ra stator bir, ikki, uch va ko’p fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va ko’p fazali chulg’amlar o’zaro yulduzcha, uchburchak va ko’pburchak shaklida ulanadi. Chulg’amlarining tayyorlanishiga ko’ra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga bo’linadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr aylanish chastotasiga bog’liq bo’ladi va iste’mol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin[1]. . Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega bo’lgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning o’zaro ta’sirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qo’llanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin (yana q. Asinxron elektr mashina, Kollektorli mashina). Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni o’zgartirish uchun elektr mashina o’zgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, mas, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyro’zg’orda, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qo’llanadi.Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqochaladir.Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulg’amlari bo’ylab uch fazali o’zgaruvchan tok o’tganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulg’amlarida hosil qiladigan tok bilan o’zaro ta’siriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— ta’minlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, ya’ni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini ko’rsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga ta’sir etib o’zgartirish mumkin. Tok chastotasini o’zgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon o’zgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota bo’yicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan o’nlab MVt gacha bo’ladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi.[1]Induktor (lot. induco — kiritaman, uyg’otaman) — 1)qizdirish I. i — qagtiq, suyuq va gazsimon o’tkazgichlarni induksion qizdiradigan qurilma. O’zgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi induksiyalovchi simdan va qurilmaga elektr toki keltiruvchi tok o’tkazgichdan iborat; 2) telefon I.i — dastaki ishlatiladigan past (18 — 21 Gs) chastotali o’zgaruvchan elektr tokida ishlaydigan magnito-elektr generator. I. ning aylanuvchi chu-lg’amdan va ikki qo’zg’almas to’g’ri burchakli doimiy magnitdan iborat; qo’zg’almas chul-g’am va aylanuvchi ko’p qutbli halqasimon magnitdan iborat xillari bor (rasm). I. harbiy va qishloq telefon aloqada, mahalliy bata-reyalarda ishlaydigan telefon tarmoqlarida qo’llaniladi; 3) elektr mashina I. i — mashinaning uyg’otish chulg’ami qismi.[1] Turbogenerator bug’ yoki gaz turbinasi bilan xarakatga keltiriladigan elektr energiya generatori; yaqqol ko'rinmaydigan qutbli mashinalar, asoan, rotorning aylanish tezligi katta 3000 айл/мин bo'lganda qo'llaniladi. Bunday mashina rotorning konstruksiyasi bo'rtib chiqmagan qutb sifatida, yani uyg'otish cho'lg'ami joylashtiriladigan pazli silindrsimon shaklda yasaladi. Yaqqol ko'rinmaydigan qutbli generatorlarning birlamchi dvigateli sifatida bug' trubinasi qo'llanilgani uchun bunday generatorlar tubogeneratorlar deb ataladi. issiqlik elektr styasining turbinasi valiga bevosita biriyuiriladigan sinxron generator. T. gorizontal vaziyatda ishlaydigan elektr mashina. Uning uyg’otish chulg’ami rotoryaa, 3 fazali ish chulg’ami esa cmamopua joylashgan. Uyg’otish chulg’ami elektr mashinalar. Uyg’otkichi chulg’amidan tok bilan ta’minlanadi. Stator korpus (tana) va chulg’amlar joylashtiriladigan o’yiklari bor o’zakdan iborat. O’zak elektrotexnika po’lati listlaridan yig’ilgan bir necha paketdan tayyorlanadi. O’zak payvandlab tayyorlangan po’lat korpusga joylashtiriladi. T. havo yoki vodorod bilan sovitiladi. Yirik T.larda aralash sovitish tizimi qo’llanadi. Mac, stator va rotor chulg’amlari suv bilan, stator o’zagi esa vodorod bilan sovitiladi. Atom elektr styalarida ikki juft qutbli rotordan foydalaniladi (qarang Generator). Asinxron mashinasining turlar bir necha xil bo’lib . Kollektorli mashina – o’zga ruvchan va o’zgarmas tokka mo’ljallangan elektr mashina. Rotorning chulg’ami kollektor bilan tutashtirilgani tufayli shunday atalgan. Turlari: kol-lektorli generator, kollektorli dvigatel va kollektorli chastota o’zgartirgich. Kollektorli generator dan, asosan, 3 fazali o’zgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi. Vir fazali va 3 fazali kollektorli dvigatel uy-ro’zg’or elektr asboblarida (bir fazalisi), tezligini keng miqyosda rostlab tursa bo’ladigan kuvvatli elektr asboblarda (bosmaxona, to’qimachilik korxonalari elektr mashinalari hamda metall kesish stanoklarida) (uch fazalisi) ishlatiladi. Kollektorli chastota o’zgartirgichlar elektr mashinalar kaskadi (qarang Kaskad) tarkibiga kiradi qamda ulardan asinxron elektr dvigatelt tok va kuchlanishlar fazasi siljishining o’rnini qoplash uchun foydalaniladi. Yarimo’tkazgichlar texnikasi taraqqiy etishi munosabati bilan kollektorli chastota o’zgartirgichlar o’rniga, asosan, yarimo’tkazgichli chastota o’zgartirgichlar ishlatilmokda. [1] Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan o’zgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) bo’ladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bug’ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan S. g .lar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi,ichki ye’nuv dvigateli, elektr dvigatellaridan harakatlanadigan S.glar qam bor. S.g . rotorining chulg’amlari alohida generator yoki to’g’rilagichdan o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda o’zgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qiladi. Sinxron generatork. kiymati rotor chulgamidagi tokni o’zgartirish yo’li bilan rbstlanadi. S.g .lardan o’zgarmas chastotali o’zgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr st-yalari, elektr qurilmalari va boshqalarga o’rnatiladi. O’zgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani o’zgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki o’zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli o’tkazgichning magnit maydoni bilan o’zaro ta’sirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. O’zgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli o’zak, stator va rotor (yakor) chulg’amlari hamda kollektor kiradi (yana q. Generator ) Dvigatel-generator - birbiriga mexanik tarzda bog’langan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Iste’molchining ehtiyojiga qarab, D.-g . har xil parametrli bo’lishi mumkin (mas, elektr payvandda kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida— o’zgarmas tok va h. k.). Yarimo’tkazgichli o’zgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan D.-g . dan kam foydalaniladi. Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Iste’mol qiladigan tok turiga ko’ra, o’zgarmas tok va o’zgaruvchan tok Elektr dvigatellariga bo’linadi. O’zgarmas tok E. dlarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez o’zgartirib turish lozim bo’lgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. O’zgarmas tok E.d, uch xil sxemali: parallel uyg’onishli, ketmaket uyg’onishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). O’zgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng ko’p ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi iste’mol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bog’liq bo’ladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga bo’linadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyro’zg’orda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi. Download 61.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling