G‘aniyev Salim Karimovich, Karimov Majid Malikovich, Tashev Komil Axmatovich. Axborot xavfsizligi. (Axborot- kommunikatsion tizimlar xavfsizligi). 0 ‘quv qo‘Uanma. -Т., «ALOQACHI», 2008, 362 bet.
Ushbu qo‘llanma kompyuter tarmoqlari va korporativ axborot tizimlarini yaratishda va ishlatishda axborotni himoyalashning dolzarb muammolariga bag'ishlangan. Kompyuter tarmoqlari va tizimlariga tahdid xillari hamda lokal va korporativ tarmoqlami Internet- hujumlardan himoyalash usullari va vositalari muhokama etiladi. Elektron biznes va elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash muammosiga alohida e’tibor beriladi. Axborot xavfsizligi konsepsiyasi ta'riflanadi va tarmoqlarda xavfsizlik siyosati aniqlanadi.
Ma’lumotlami himoyalash texnologiyasi, tarmoq xavfsizligining bazaviy texnologiyasi. suqilib kirishlami va tarmoq xavfsizligini boshqarish tahlillanadi. Xususan, axborotni zamonaviy kriptografik himoyalash vositalarining prinsiplari, algoritmlari va protokollari ko'riladi; tarmoqlararo ekranlaming turli xillari tavsiflanadi va ularni ishlatish bo’yicha tavsiyalar beriladi; Internet xilidagi global ochiq tarmoqlarning ochiq kommunikatsiyalari orqali kriptohimoyalangan virtual tunnellami shakllantirish usullari va vositalari muhokama etiladi; korxona axborot resurslaridan masofadan xavfsiz foydalanishni ta’minlash masalaiari ko'riladi; ma’lumotlami uzatish tarmog‘ida axborotni himoyalash masalaiari va ulami yechish yo'llari tavsiflanadi: simsiz tarmoq konsepsiyasi, simsiz tarmoq xavfsizligiga tahdidlar, simsiz tarmoq xavfsizligi muammosi bayon etiladi, tarmoq xavfsizligini boshqarish usullari va vositalari tahlillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |