Toshkent Axborot texnalogiyalari universiteti Axborot xavfsizligi yo’nalishi 072-19 guruh talabasi
Suyunov Sindor
12-Amaliy ishi
Toshkent 2023
1. Axborot xavfsizligi risklarini (xavf) boshqarish bo‘yicha asosiy tushunchalar, fanining maqsadi va vazifalari.
Har qanday tashkilotning faoliyati xavf bilan bog’liq. Bu shuni anglatadiki, kelajakda qanday nojo’ya hodisalar sodir bo’lishi yoki bo’lmasligini aniqlashning iloji yo’q. Axborot muhim ahamiyatga ega bo’lganligi sababli axborot xavfsizligi masalalari birinchi o’ringa chiqdi. Tashkilot axborot xavfsizligi insidenti yuz berganda zarar ko’rishi, shu jumladan kutilmagan xarajatlar va mijozlarning ehtimoliy yo’qotishi mumkin. Ayniqsa, muhim obyektlar uchun uning oqibatlari ancha jiddiy bo’lishi aniq. Shunday qilib, tashkilot xavfsizligi axborot tahdidlaridan himoyasini ta’minlash uchun axborot xavfsizligi risklarini boshqarish zarur.
• Xavf-xatarlarni boshqarishda xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tarmoqdagi eng katta xavflar — bu ruxsatsiz kirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo‘lib, ular kompyuter tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta xavf tug‘diradi.
Fanni o’qitishdan maqsad
axborot xavfsizligi xavflarini (risk) boshqarish tizimi, axborot xavfsizligi xavflarini aniqlash, qayta ishlash, bartaraf etish usullari va vositalarini qo’llash, risklarni tahlil qilishga doir bilimlar va ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi
-NAZARIY BILIMLAR;
-AMALIY KO’NIKMALAR;
-AXBOROTNI HIMOYALASHDA RISKLARNI BAHOLASH AHAMIYATINI OCHIB BERISH
2. Risk tushunchasi. Risklarni klassifikatsiyasi. Riskni tashkil etuvchilari
• Risk(xavf) nima?
• Potentsial xavf
• Ehtimoliy, tahdidning amalga oshishi
• Noaniqlikning maqsadlarga ta'siri
Do'stlaringiz bilan baham: |