Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI 21_10 guruh talabasi Boboqulov Sherdiyorning Elektronika va sxemalar 1 fanidan Mustaqil ishi Mavzu:Maydoniy tranzistorlar integral mikrosxemalar Topshirdi:Sh.Boboqulov Tekshirdi:Z.Ro’ziyeva Reja: - Maydoniy tranzistorlar .Umumiy ma’lumotlar. p-n o‘tish bilan boshqariluvchi maydoniy tranzistorlar.
- Maydoniy tranzistorlar tuzilishi va ishlash tamoyili.Maydoniy tranzistorlar ish rejimlari va xarakteristikalari.
- Maydoniy tranzistorlar parametrlari va ularning temperaturaga bog‘liqligi. Maydoniy tranzistorlarning ulanish sxemalari.
Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor deyiladi. Maydoniy tranzistorlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli asosiy zaryad tashuvchilar (elektron yoki kovak) qatnashgan i sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi. - Maydoniy tranzistorlarda tok bo‘ylama elektr maydon ta’sirida erkin zaryad tashuvchilarning dreyf harakati tufayli hosil bo‘ladi. Tok hosil qiluvchi o‘tkazgich qatlam kanal deb ataladi va u n – kanalli va r – kanalli bo‘lishi mumkin. Kanal chekkalariga elektrodlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning biri istok, ikkinchisi esa stok deb ataladi. Elektrodlardan qay biri istok, qaysinisi stok deb olinishining ahamiyati yo‘q. Zaryad tashuvchilar qaysi elektroddan kanalga oqsa, o‘sha elektrod istok deb, zaryad tashuvchilarni kanaldan o‘ziga qabul qiluvchi elektrod esa stok deb belgilanadi. Uchinchi elektrod – zatvor yordamida kanaldagi tok qiymati ko‘ndalang elektr maydon bilan boshqariladi.
Tuzilmasi va kanal sohasi o‘tkazuvchanligini boshqarish usuliga ko‘ra maydoniy tranzistorlarning bir-biridan farqlanuvchi uchta turi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |