Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti 224 22 guruh talabasi
Download 0.53 Mb.
|
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti 224
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti 224_22 guruh talabasi Xo`jamqulov Ravshanbekning Dinshunoslik fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Islom dinining Oʼrta Osiyoga kirib kelishi Reja: Mazkazi Osiyo dinlari haqida Islom dini O`zbekistonda islom Kirish Din haqida Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi. Markaziy Osiyo dinlari Markaziy Osiyo mintaqasining qadimda Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi bu yerda ko‘p millatli va konfessiyali davlatning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Buyuk Ipak yo‘li Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar orqali o‘tgan. Bu shaharlarda yirik karvonsaroylar, savdo rastalari va bozorlarning rivojlanishi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham jamlandi.Tabiiyki, ular o‘z urfodat va an’analarini ham olib kirishdi. TARIXGA NAZAR Buyuk Ipak yo‘li O‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro bog‘lagan qit’alararo karvon yo‘li. «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi ushbu yo‘ldan tashilgan qimmatbaho tovar – Xitoy ipagi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoda qadimdan jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik, islom dinlari tarqalgan. Shuningdek, moniylik va yahudiylik dinlari ham mavjud bo‘lgan. Markaziy Osiyo davlatlarida bugungi islom dini ko'rinishlarining paydo bo'lishida hamda ularning davlat bilan munosabatlari shakllanishida nafaqat Sovet davri, balki undan oldingi chor Rossiyasi hukmronligi paytidagi hukumat siyosati ham muhim ahamiyatga ega. Birmingem universiteti tadqiqotchisining aytishicha, Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonda uzoq yillar rasmiy islom ta'limoti salafiy aqidasiga asoslanganini bugun ko'pchilik bilmaydi. Islom olamida Markaziy Osiyoning ahamiyati katta. Qur'ondan keyin eng ishonarli ikkinchi manba sanaladigan sahih hadis to'plamlarining ikkitasi shu mintaqa olimlari - Imom Buxoriy va Imom Termiziy tomonidan yozilgan. Shu bois, deydi tadqiqotchi, Islomning shakllanishida mintaqaning roli katta bo'lgan. Tadqiqotchining yana aytishicha, O'rta Osiyoda hozirgacha mavjud an'anaviy islom ta'limi tizimi temuriylar davrida dunyoga kelgan. XIX asr oxiriga kelib O'rta Osiyo musulmonlari orasida dinni va jamiyatni isloh qilishga chaqiruvchi jadidchilar guruhi paydo bo'ldi. Shu bilan musulmonlar orasida qadimchilar va modernistlar o'rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Sovetlar hokimiyati o'rnatilguncha qadimchilarning qo'li baland kelgan, deydi Yemelianova. Islom dini Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi[1]. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi, lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahonda dunyo aholising 24,9%i, yaʼni 1,1—1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi[2][3]. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20%idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil, mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80%dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80%igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Davlatlar aholisi tarkibi islom dinida eʼtiqod qiluvchi 10% Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling