Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Dinshunoslik fanidan “Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari” mavzusi bo`yicha tayyorlagan mustaqil ishi
Reja:
I. Dinning ilk shakllari va ularning mohiyati II. Asisiy qism.Markaziy Osiyoda tarqalgan din ramzlari:
Islom dini ramzlari
Xristian dini ramzlari
Yahudiy dini ramzlari
III. Xulosa. Diniy ramzlarning insonlar hayotidagi o`rni.
Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo`rquv, bilimning yetishmasligi hamda boshqalar shunga olib keldiki, uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo`la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov hamda mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog`liq holda o`sib borishi, dastlabki, ibtidoiy diniy tasavvurlarning shakllanishiga, rivojlanishiga va mustahkamlanishiga, keyinchalik esa diniy g`oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g`oyalardan biri dafn etish marosimidir. Ushbu jarayon arxeologik ma’lumotlarga ko`ra dastlab, mil.avv. 100-40 minginchi yillarda, ya’ni neandertal odamlar jamoasi yashagan o`rta paleolit davrida ro`y bergan. Ibtidoiy odam o`z qarindoshlarini ko`mishda, maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo`yoqlar bilan bo`yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, mehnat va ov qurollarini qo`yar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |