Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 4-5-6-amaliy ish Guruh : 713-19


Download 1.68 Mb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1306831
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-5-6-amaliy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

4-5-6-amaliy ish

Guruh : 713-19
Bajardi: To’xtasinov Ixtiyor
Tekshirdi:Shamshiyeva Barno
Toshkent-2023

4-Amali ish. BARMOQ IZI ORQALI IDENTIFIKATSIYA/AUTENTIFIKATSIYA TIZMINI AMALGA OSHIRISH


Kalit so‘zi: Barmoq izi, parametr, autentifikatsiya, RFID, signal, sxema,
karta.

Barmoq izlari bo‘yicha insonni autentifikatsiyalash hozirda eng keng tarqalgan usul bo‘lib, axborotni himoyalash sohasida biometrik tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda 3 xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud: optik nurlar orqali (FTIR ya’ni optik qurilmalar), yarim o‘tkazgichlar orqali(termoskanerlar) va ultratovushlar orqali barmoq izini olish.


Biometrik autentifikatsiyalash tizimining apparat qurilmalari orasida eng ishonchli hamda ommabopligi bilan ajralib turadigani “BIOLINK” komponiyasining biometrik autentifikatsiyalashning apparat qurilmasi hisoblanadi. Barmoq izlarini skanerlashda ishlatiladigan daktiloskop qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning ko‘p qismi asosan integral sxemalardan foydalanadi[2]. Bunday texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda xar xil turdagi elektrik, elektromagnit va boshqa usullar orqali amalga oshiradilar. Buning asosiy sababi barmoq izini olish vaqtida teri qismlarining sig‘im qarshiligi olinadi va tahlil qilinadi. Tahlil vaqtida Daktiloskopik qurilmasi yarim o‘tkazgichli datchik orqali sig‘im qarshiligini aniqlash maqsadida barcha axborot yig‘iladi.


    1. rasm. Barmoq izini skanerlash

Barmoq izi mustaqil kirish nazoratini x.660 (FSAC) qurilmasi asosida tashkil etiish mumkin. Ushbu qurilma 2- rasmda keltirlgan.


    1. rasm. X.660 (FSAC) tashqi ko‘rinishi

Qurilma xarakteristikalari:
material: ABS yuqori sifatli material; barmoq izi sig‘imi: 1000;
RFID karta sig‘imi: 1000; ishlash chastotasi: 125 KHz; ruxsat: 450 dpi; identifikatsiya vaqti: <1S; FAR: <0,0001%;
FRR: <0,01%;
kartani o‘qish masofasi: 0-10CM;
o‘rnatilgan kartani o‘quvchi: EM mos keladi; identifikatsiya usuli: barmoq izi, RFID karta;
eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasi: kontaktli eshik qo‘ng‘irog‘ini qo‘llab-quvvatlash; Wiegand signali: WG26 kirish/chiqish;
boshqaruv kartasini o‘rnatishi mumkinligi: ha; ishlash kuchlanishi: DC 12V;
ish oqimi: ≤ 100mA;
ishlash harorati: -0 ° C ~ 45 ° C; ishlash namligi: 20% ~ 80%; mahsulot hajmi: 158*65*27mm.
Mahsulot tafsilotlari:

360 daraja keng qamrovli barmoq izini aniqlash, aniqlash tezligi- tez; barmoq izlarining turli burchaklari uchun tez va aniq tanib olishi mumkin[1].










    1. rasm. Eshikni ochish jarayonlari

Eshikni ochish uchun barmoq izi, RFID karta asosida 1000 ta barmoq izi, 1000 ta karta ishlatiladi, foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasi ham mavjud.
Boshqaruv barmoq izini va boshqaruv kartasini o‘rnatishi mumkin. Dasturlash juda oson. Qurilmani orqasidagi (1+8 teshikli) kalit yordamida barmoq izi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


    1. rasm. Barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish

Barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lgandan keyin, uni o‘chirib tashlasa yoki boshqatdan ro‘yxatdan o‘tkazish kartalari mavjud.


    1. rasm. Kartalar ko‘rinishi

SD xotira kartasiga ma’lumotlarini yuklab olib kirish uchun ishlatish mumkin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchini tahrirlash va nomlash mumkin. Barmoq izi qurilmaga qayta yuklanadi, lekin foydalanuvchini oʻchira olmaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi qoʻsha olmaydi.



    1. rasm. SD xotira kartasi

RFID kartalari va kalitlar:
materiallar: PVX/ABS; ishlash chastotasi: 125 KHz;
qo‘shimcha moduli: faqat o‘qish, yozishni qo‘llab-quvvatlamaydi; o‘qish masofasi: 0-10 sm;
har birida noyob ID raqami bosilgan.


    1. rasm. RFID kartalari va kalitlar

Ulanish diagrammasi, ikkita quvvat manbai, qulflash, chiqish tugmasi paketlaridan tashkil topgan.


    1. rasm. Qurilmani sxema asosida ulanishi

X.660 (FSAC) qurilmasi yuqoridagi sxema asosida to‘g‘ri yig‘ib chiqiladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan barmoq izini kiritiladi, qurilma barmoq izini taniydi, shu orqali quyidagi holat sodir bo‘ladi.




    1. rasm. Barmoq izini tanish jarayoni

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan barmoq izidan tashqari yana NFS karta yoki NFS buttonlar asosida foydalanuvchi autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi mumkin.


    1. rasm. NFS buttonlar asosida signal qabul qilish



    1. rasm. NFS karta asosida signal qabul qilish

Signallar qabul qilinganidan so‘ng, ma’lum vaqt oralig‘ida qurilma kirishga ruxsat beradi, keyin ma’lim vaqt oralig‘i o‘tib qurilma yopilishga ruxast beradi.
Xulosa, ushbu barmoq izi asosida turli xil korxona-tashkilotlarda identifikatsiya va autentifikatsiyani amalga oshirish mumkin. Bu usul qulay, oson, hamda uning dastiriy, apparat-dastiruy ko‘rinishlari mavjud. Dastiriy turiga qandaydir o‘zgartirishlar kiritish mumkinligi, yoki qo‘shimchlar qo‘shish imkoniyati borligi foydalanuvchilarga qulaylikni beradi[3].


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling