Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bajardi: 042-19


Download 236.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1603892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Pedagogika

8) Ijodiy xislatlari: 
pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi; 
- o’qituvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish 
qobiliyati; 
- o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan 
qaray olishi; 
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray 
olish olishi; 
- o’zining o’quvchiga pedagogik ta`siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga 
intilishi. 
Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida 
quyidagilar keltiriladi; 
- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;
- pedagogik mahorat va qobiliyati; 
- xarakterining psixologik xususiyatlari; 
- bilish faoliyati; 
- o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi 
umumiy taraqqiyoti, 
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri 
va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. 
Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta`limning 
samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, 
shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog`liq ekanligini albatta 
ko`rsatish zarurdir. 
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis – o’qituvchilarning 
sifat jihatidan o’z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. 
Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish 
yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday o’qituvchi tayyorgarligini 
ko’rsatib beradi. 
Pedagogik kasb, ma`lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. 
Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan 
shug’ullanishga moyil, oqibat natijada -esa pedagogik qobiliyatga ega bo`lgan 
kishilargina erisha oladi. 

Download 236.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling