Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Axborot xavfsizligi talablarini aniqlash. Tashkilot o‘zining axborot
xavfsizligiga bo‘lgan talablarini quyidagi uchta muhim omilni hisobga olib aniqlashi muhim: - biznesning global strategiyasi va tashkilotning maqsadlarini e’tiborga olib, tashkilotda olingan xavflarni baholash yordamida tashkilot aktivlariga tahdidlar aniqlanadi, tegishli aktivlarning zaifligi va tahdidlar paydo bo‘lish ehtimoli, shuningdek kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar baholanadi; -tashkilot, uning savdo sheriklari, pudratchilar va xizmatlarni yetkazib 54 beruvchilar, qoniqtirishi kerak bo‘lgan yuridik talablar, qonun hujjatlarining talablari, tartibga soluvchi va shartnomaviy talablar, shuningdek, ushbu tomonlaring ijtimoiy madaniy muhiti boshqa omil bo‘lib hisoblanadi; -o‘zining ishlashini ta’minlash uchun tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan prinsiplar, maqsadlar va talablarning maxsus to‘plami yana bir omil bo‘lib hisoblanadi. Axborot xavfsizligi xavflarini baholash. Axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar xavflarni muntazam baholash yordamida aniqlanadi. Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarga ketgan sarf-xarajatlar axborot xavfsizligining buzilishi natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdoriga mutanosib bo‘lishi lozim. Ushbu baholashning natijalari axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni boshqarish sohasida aniq choralar va ustuvorliklarni belgilashga, shuningdek, ushbu xavflarni minimumga keltirish maqsadida axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni joriy qilishga yordam beradi. Mavjud tadbirlarning samaradorliligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlarni hisobga olish uchun xavflar tahlilini vaqti-vaqti bilan takrorlab turish kerak. Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash. Axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilanganidan va xavflar aniqlanganidan so‘ng xavflarni qabul qilsa bo‘ladigan darajagacha pasayishini ta’minlaydigan, axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash va joriy etish kerak. Ushbu tadbirlar ushbu standartdan, boshqa manbalardan tanlab olinishi, shuningdek, axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tashkilotning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondiradigan tadbirlar ishlab chiqilishi mumkin. Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash xavflarni qabul qilish mezonlariga, xavflarga baho berish variantlariga asoslangan tashkiliy qarorlarga va xavflarni tashkilotda qabul qilingan boshqarishga umumiy yondashishga bog‘liq. Ushbu tanlovni tengishli milliy va xalqaro qonun hujjatlari va normalar bilan muvofiqlashtirish kerak. Ushbu standartda keltirilgan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha ba’zi 55 tadbirlar axborot xavfsizligini boshqarish uchun amal qilinadigan prinsiplar sifatida qabul qilinishi va ko‘pgina tashkilotlar uchun qo‘llanishi mumkin. Bunday tadbirlar quyiroqda «Axborot xavfsizligini joriy qilish uchun tayanch nuqta» sarlavhasi ostida batafsilroq ko‘rib chiqiladi. Axborot xavfsizligini joriy qilish uchun tayanch nuqta. Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha alohida tadbirlar axborot xavfsizligini boshqarish uchun amal qilinadigan prinsiplar sifatida qabul qilinishi va uni joriy qilish uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday tadbirlar qonun hujjatlarining asosiy talablariga asoslanadi yoki axborot xavfsizligi sohasida umumiy qabul qilingan amaliyot sifatida qabul qilinishi mumkin. Qonunchilik nuqtai nazaridan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha asosiy choralar quyidagilar hisoblanadi: - ma’lumotlarni muhofaza qilish va shaxsiy axborotning konfidensialligi; - tashkilot hujjatlarini muhofaza qilish; - intellektual mulkka egalik qilish huquqi. Axborot xavfsizligi sohasida umumiy qabul qilingan amaliyot sifatida hisoblangan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - axborot xavfsizligi ciyosatini hujjatlashtirish; - axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni taqsimlash; - axborot xavfsizligi qoidalariga o‘qitish; - ilovalardagi axborotga to‘g‘ri ishlov berish; - texnik zaifliklarni boshqarish strategiyasi; - tashkilotning uzluksiz ishini boshqarish; - axborot xavfsizligi mojarolarini va takomillashtirishlarini boshqarish. Sanab o‘tilgan tadbirlarni ko‘pgina tashkilotlar va axborot muhiti uchun qo‘llasa bo‘ladi. Ushbu standartda keltirilgan barcha tadbirlar muhim hisoblansa ham, qandaydir choraning o‘rinli bo‘lishi tashkilot to‘qnash keladigan muayyan xavflar nuqtai nazaridan belgilanishi kerak. Demak, yuqorida ta’riflangan yondashish axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni joriy qilish uchun 56 tayanch nuqta bo‘lib hisoblanishiga qaramay, u xavflarni baholashga asoslangan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlashning o‘rnini bosmaydi. Muvaffaqiyatning eng muhim omillari. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun quyidagi omillar hal qiluvchi hisoblanadi: - axborot xavfsizligi maqsadlari, siyosatlari va muolajalarining biznes maqsadlariga muvofiqligi; - xavfsizlik tizimini joriy qilish, madadlash, monitoringini o‘tkazish va modernizasiya qilishga yondashishning korporativ madaniyat bilan muvofiqligi; - rahbariyat tomonidan real qo‘llab-quvvatlash va manfaatdorlik; - xavfsizlik talablarini, xavflarni baholash va xavflarni boshqarishni aniq tushunish; - tashkilot rahbarlari va xodimlari tomonidan axborot xavfsizligining samarali marketingini o‘tkazish, shuningdek, axborot xavfsizligining choralarini qo‘llash zaruratini tushunishni ta’minlash; - axborot xavfsizligi siyosatiga tegishli yo‘riqnomalar, tavsiyalarni va tegishli standartlarni barcha xodimlar va subpudratchilarga berish; - axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish sharti; - o‘qitish va tayyorlashning zarur darajasini ta’minlash; - axborot xavfsizligi mojarolarini boshqarishning samarali jarayonini tasdiqlash; - o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarning axborot xavfsizligini boshqarishning samaradorliligini va uni yaxshilash bo‘yicha bajaruvchilardan tushgan takliflarni baholash uchun foydalaniladigan har tomonlama va balanslangan tizimi. Tashkilotga tegishli qo‘llanmalarni ishlab chiqish. Ushbu standart tashkilotning muayyan ehtiyojlari uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun tayanch nuqta sifatida baholanishi kerak. Ushbu standartda keltirilgan yo‘riqnomalar va tadbirlarning hammasi ham qo‘llashga yaroqli bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, ushbu standartga kiritilmagan qo‘shimcha choralar kerak 57 bo‘lib qolishi mumkin. Bu holda auditorlar va biznes bo‘yicha sheriklar tomonidan o‘tkaziladigan muvofiqlik tekshiruvini engillashtiradigan, bir vaqtda bir necha tomondan qilingan havolalarning saqlanishi foydali bo‘lishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling