Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini 
joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot 
xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash tartibi. Ushbu hujjat davlat 
organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik 
maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlashning namunaviy 
tartibini belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari davlat organlarining saytlari uchun xosting 
xizmatlarini taqdim etuvchi barcha ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 
qo‘llanilishi majburiydir. 
Hujjatda Davlat organlarining saytlarini joylashtirish uchun provayderlar 
serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini (AX) ta’minlash 
darajasini belgilash, axborot resurslarini yaratish va foydalanishning barcha 
aspektlarini hisobgaolgan holda, ushbu vazifaga kompleks yondoshilishiga 
asoslanadi. Bu uchun tashkiliy, texnik va dasturiy muhofaza qilish choralarini, 
xavf-xatarlar va axborotning muhofazalanganlik darajasini baholash va prognoz 
qilish bo‘yicha tadbirlarni doimo rivojlanib borayotgan yagona tizimga 
umumlashtirish talab etiladi.
Axborotni muhofaza qilish o‘z ichiga AXni ta’minlashga qaratilgan chora-
tadbirlar kompleksini oladi: ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va 
uzatish uchun foydalaniladigan axborot va resurslarning butunligi, ulardan 
foydalana olishlik va, zarur holda, konfidensialligini qo‘llab-quvvatlash. 
Axborotni muhofaza qilish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

axborotning 
chiqib 
ketishi, 
o‘g‘irlanishi, 
yo‘qolishi, 
buzilishi,qalbakilashtirilishini oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, modifikasiya qilish, buzish. nusxa ko‘chirish, 


68 
blokirovka qilish bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- axborot resurslari va axborot tizimlariga ( AT) noqonuniy aralashishning 
boshqa shakllarini oldini olish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling