Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari: 1. Bella-Lapadulaning mandatli modelini tushuntirib bering. 2. Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli va Bella-Lapadulaning mandatli modellarining o‘zaro farqi. 3. Mandatli model asosida foydalanishni nazoratlashda qo‘llaniladigan asosiy qoidalarni tushuntirib bering. 4.3. Xavfsizlikning rolli modeli Rolli model xavfsizlik siyosatining mutlaqo o‘zgacha xili hisoblanidiki, bu siyosat diskretsion modelga xos foydalanishni boshqarishdagi moslanuvchanlik bilan mandatli modelga xos foydalanishni nazoratlash qoidalarining qat’iyligi orasidagi murosaga asoslangan. Rolli modelda “sub’ekt” tushunchasi “foydalanuvchi” va “rol” tushunchalari bilan almashtiriladi. Foydalanuvchi – tizim bilan ishlovchi va ma’lum xizmat 79 vazifalarini bajaruvchi odam. Rol – tizimda faol ishtirok etuvchi abstrakt tushuncha bo‘lib, u bilan ma’lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur vakolatlarining chegaralangan, mantiqiy bog‘liq to‘plami bog‘langan. Rol siyosati keng tarqalgan, chunki bu siyosat boshqa qat’iy va rasmiy siyosatlardan farqli o‘laroq real hayotga juda yaqin. Haqiqatan, tizimda ishlovchi foydalanuvchilar shaxsiy ismidan harakat qilmay, ma’lum xizmat vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni o‘zlarining shaxsi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir rollarni bajaradi. Shu sababli foydalanishni boshqarish va vakolatlarni berish real foydalanuvchilarga emas, balki axborot ishlashning ma’lum jarayonlari qatnashchilarini ifodalovchi abstrakt rollarga berish mantiqqa to‘g‘ri keladi. Xavfsizlik siyosatiga bunday yondashish tatbiqiy axborot jarayon qatnashchilari orasida vazifa va vakolatlarining bo‘linishini hisobga olishga imkon beradi, chunki rolli siyosat nuqtai nazaridan axborotdan foydalanishni amalga oshiruvchi foydalanuvchining shaxsi emas, balki unga xizmat vazifasini o‘tashga qanday vakolatlar zarurligi ahamiyatlidir. Masalan, axborotni ishlovchi real tizimda tizim ma’muri, ma’lumotlar bazasi menedjeri va oddiy foydalanuvchilar ishlashi mumkin. Bunday vaziyatda rolli siyosat vakolatlarni ularning xizmat vazifalarga mos holda taqsimlashga imkon beradi: ma’mur roliga unga tizim ishini nazoratlashga va tizim konfigurasiyasini boshqarishga imkon beruvchi maxsus vakolatlar beriladi, ma’lumotlar bazasining menedjeri ma’lumotlar bazasi serverini boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi, oddiy foydalanuvchilarning xuquqi esa tatbiqiy dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi minimum orqali chegaralanadi. Undan tashqari, tizimda rollar soni real foydalanuvchilar soniga mos kelmasligi mumkin – bitta fodalanuvchi, agar unga turli vakolatlarni talab qiluvchi turli vazifalar yuklangan bo‘lsa, bir nechta rolni (ketma-ket yoki parallel) bajarishi mumkin, bir nechta foydalanuvchilar bir xil ishni bajarsa, ular bir xil roldan foydalanishlari mumkin. Rolli siyosat ishlatilganida foydalanishni boshqarish ikki bosqichda amalga 80 oshiriladi: birinchi bosqichda har bir rol uchun ob’ektdan foydalanish xuquqlari to‘plamidan iborat vakolatlar to‘plami ko‘rsatiladi, ikkinchi bosqichda har bir foydalanuvchiga uning qo‘lidan keladigan rollar ro‘yxati tayinlanadi. Rollarga vakolatlar eng kichik imtiyoz prinsipida tayinlanadi, ya’ni har bir foydalanuvchi o‘zining ishini bajarish uchun faqat minimal zarur vakolatlar to‘plamiga ega bo‘lishi shart. Rolli model tizimni quyidagi to‘plamlar ko‘rinishida tavsiflaydi (4.1-rasmga qaralsin): 4.1-rasm. Foydalanishni boshqarishning rolli modeli – foydalanuvchilar to‘plami; – rollar to‘plami; – ob’ektdan foydalanish vakolatlari to‘plami (masalan, foydalanish xuquqlari matritsasi ko‘rinishida); – foydalanuvchilarni tizim bilan ishlash seanslari to‘plami. Yuqorida sanab o‘tilgan to‘plamlar uchun quyidagi munosabatlar belgilanadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling