Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Foydalanuv
chilar Seanslar Rollar Vakolatlar Х Х Х Х U R P S UA PА Roles User 81 - har bir rolga unga berilgan vakolatlarni tayinlab, vakolatlar to‘plamini rollar to‘plamiga akslantiriladi; - har bir foydalanuvchi uchun uning qo‘lidan keladigan rollar naborini aniqlab, foydalanuvchilar to‘plamini rollar to‘plamiga akslantiradi. Xavfsizlikning rolli siyosatida foydalanishni boshqarish qoidalari quyidagi funksiyalar orqali aniqlanadi: - har bir seans uchun ushbu funksiya foydalanuvchini aniqlaydi, bu foydalanuvchi tizim bilan ushbu seansni amalga oshiradi: ; – har bir seans uchun ushbu funksiya to‘plamdan rollar to‘plamini aniqlaydi, bu rollardan foydalanuvchi bir vaqtda foydalanishi mumkin: . – har bir seans uchun ushbu funksiya ushbu seansga joiz vakolatlar to‘plamini beradi, bu to‘plam ushbu seansda joriy etilgan barcha rollar vakolatlarining majmui sifatida aniqlanadi: . Rolli modelning xavfsizlik mezoni sifatida quyidagi qoida ishlatiladi: tizim xavfsiz hisoblanadi, agar seans da ishlovchi ixtiyoriy foydalanuvchi vakolat ni talab qiluvchi harakatlarni faqat bo‘lganida amalga oshiraolsa. Rolli modelning xavfsizlik mezoni ta’rifidan kelib chiqadiki, foydalanishni boshqarish asosan rollarga vakolatlarni berish bilan emas, balki foydalanuvchilarga rollarni tayinlovchi munosabatni va seansdagi joiz rollar to‘plamini aniqlovchi funksiyasini berish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli rolli modelning ko‘p sonli talqini funksiyalar xili hamda munosabatlarga qo‘yiladigan cheklashlar orqali farqlanadi. Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, foydalanishni boshqarishning rolli siyosati boshqa siyosatlardan farqli o‘laroq rasmiy isbot yordamida xavfsizlikni amalda kafolatlamay, faqat cheklashlar xarakterini aniqlaydi. Cheklashlar xarakteriga rioya qilish esa tizim xavfsizligining mezoni xizmatini o‘taydi. Bunday 82 yondashish foydalanishni nazoratlashning amalda osongina qo‘llash mumkin bo‘lgan oddiy va tushunarli qoidalarini olishga imkon beradi, ammo tizimni nazariy isbotiy bazadan maxrum etadi. Ba’zi vaziyatlarda bu hol rolli siyosatdan foydalanishni qiyinlashtiradi, ammo har qanday holda rollardan foydalanish sub’ektlardan foydalanishga qaraganda qo‘layroq, chunki bu foydalanuvchilar orasida vazifalarni va javobgarlik doirasini taqsimlashni ko‘zda tutuvchi axborot ishlashning keng tarqalgan texnologiyalarga juda mos keladi. Undan tashqari, rolli siyosat foydalanuvchilarga tayinlangan rollar vakolatlari diskretsion yoki mandatli siyosat tomonidan nazoratlanganida boshqa xavfsizlik siyosatlari bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bu esa foydalanishni nazoratlashni ko‘p satxli sxemasini qurishga imkon beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling