Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga asoslangan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga asoslangan
protokollar. Bir tomonlama xesh-funksiya yordamida shifrlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati bo‘yicha bir tomonlamadir, ya’ni teskari o‘zgartirish-qabul qiluvchi tarafda rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) bir tomonlama shifrlash muolajasidan foydalanadi. Shifrlanayotgan ma’lumot Mga qo‘llanilgan K parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya h k (.) natijada baytlarning belgilangan katta bo‘lmagani sonidan iborat xesh-qiymat (daydjest) "m" ni beradi (6.4-rasm). Daydjest "m" qabul qiluvchiga dastlabki xabar M bilan birga uzatiladi. Xabarni qabul qiluvchi, daydjest olinishida qanday bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilganligini bilgan holda, rasshifrovka qilingan xabar M dan foydalanib, daydjestni boshqatdan hisoblaydi. Agar olingan daydjest bilan hisoblangan daydjest mos kelsa, xabar M ning tarkibi hech qanday o‘zgarishga duchor bo‘lmaganini bildiradi. Daydjestni bilish dastlabki xabarni tiklashga imkon bermaydi, ammo 174 ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Daydjestga dastlabki xabar uchun o‘ziga xos nazorat yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Ammo, daydjest va oddiy nazorat yig‘indisi orasida jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan aloqaning ishonchsiz liniyasi bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning yaxlitligini tekshirish vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati buzuq odamlar bilan ko‘rashishga mo‘ljallanmagan. Chunki, bu holda nazorat yig‘indisining yangi qiymatini qo‘shib xabarni almashtirib qo‘yishga ularga hech kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi bunda hech narsani sezmaydi. Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi. Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabarning har qanday modifikasiyasi darhol ma’lum bo‘ladi. 6.5-rasmda ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama xesh- funksiya ishlatilishining boshqa varianti keltirilgan. Bu holda bir tomonlama xesh-funksiya h(.) parametr–kalitga ega emas, ammo u maxfiy kalit bilan to‘ldirilgan xabarga qo‘llaniladi, ya’ni jo‘natuvchi Xabar М h k (M) Daydjest m K Xabar М Xabar М h k (M) Daydjest m K Daydjest m' ? m=m' Ha Yo’q Jo’natuvchi Qabul qiluvchi 6.4–rasm. Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama xesh-funksiyaning ishlatilishi (I-variant). 175 daydjest m=h(M, K)ni hisoblaydi. Qabul qiluvchi dastlabki xabarni chiqarib olib, uni o‘sha ma’lum maxfiy kalit bilan to‘ldiradi. So‘ngra olingan ma’lumotlarga bir tomonlama xesh-funksiya h(.)ni qo‘llaydi. Hisoblash natijasi – daydjest "m" tarmoq orqali olingan daydjest "m" bilan taqqoslanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling