Aksonometriya
Download 19.96 Kb.
|
chizmachilik mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dimetriya nima
Farg’ona viloyati Rishton tumani 2-sonli Kasb Hunar Maktabi 33-22 guruh o’quvchisi Muhammadjonov Fayzulloning chizmachilik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Aksonometriya (yun. axon — oʻq va metriya — oʻlchash) — predmetlarni chizmada parallel proyeksiyalar yordamida tasvirlash usuli. Fazoviy shakllarning aksonometrik proyeksiyalarini qurish uchun uchta oʻzaro perpendikulyar oʻqlar Ox, Oy, Oz va shu oʻqlardagi masshtab uzunliklar tanlanadi. Soʻngra ushbu shakl va bu oʻqlar masshtab bilan birga proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Proyeksiyalash yoʻnalishi bilan aksonometrik pro-yeksiyalash tekisligi orasidagi burchakka qarab toʻgʻri burchakli va qiyshiq burchak-li A. xillarga boʻlinadi. Uch koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (izometriya) va faqat ikki koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (dimetriya) A.lar koʻproq uchraydi. A. yaqqol boʻlishi bilan birga, unda tasvirlangan narsaning oʻlchamlarini topishga, predmetning askonometrik tasviri uning koordinatalar sistemasiga nisbatan toʻla shaklini va joylashishini tiklashga imkon beradi. Fazodagi 0 nuqtada kesishuvchi ozaro perpendikulyar uchta chiziq aksonometrik oqlar deb qabul qilinib, bu koordinatalar sistemasini aksonometrik P tekislikka s yonalish boyicha proyeksiyalash orqali aksonometriyada koordinata oqlarining proyeksiyalari hosil qilinadi (82-shakl). Har bir oq uchun umumiy bolgan e kesma masshtab birligi sifatida qabul qilinib, natural masshtab birligi deb ataladi. Bu kesmaning P tekislikdagi proyeksiyalari aksonometrik msshtab birliklari deyiladi. Ularning natural masshtab birligiga nisbatlari aksonometrik oqlari boyicha ozgarish kooeffisiyentlari deyiladi. Aksonometrik oqlar boyicha ozgarish kooeffisiyentlari uchala oq boyicha bir xil ex=ey=ez bolsa, izometrik proyeksiya yoki qisqacha izometriya deyiladi. Agar ozgarish kooeffisiyentlari ikkita oq boyicha bir xil bolib, uchinchisi ulardan farq qilsa, yani ex(ez =ey yoki ex=ey(ez bolsa, dimetrik proyeksiya yoki qisqacha dimetriya deyiladi. Uchala oq boyicha ozgarish kooeffisiyentlari turlicha, yani ex(ey(ez bolsa, trimetrik proyeksiya yoki qisqacha trimetriya deyiladi. S yonalish P ga perpendikulyar bolsa, togri burchakli, ogma bolsa, qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiya deyiladi. Dimetriya nima?Dimetriya aksonometrik proyeksiya turlaridan biridir.Dimetriya – yunoncha, ikki marta kam o‘lchash degan ma’noni beradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling