Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari: 1. Kompyuter viruslarini aniqlashning asosiy usullari nimalardan iborat? 2. Virusga qarshi dastur turlari va ularning ishlash prinsipi. 3. Virusga qarshi dasturlarning sifatini baholovchi mezonlarni sanab 202 bering. 4. Virusga qarshi himoyaning profilaktika choralarini tushuntirib bering. 7.3. Virusga qarshi himoya tizimini qurish Hozirda o‘rtacha kompaniyaning korporativ kompyuter tarmog‘i tarkibida o‘nlab va yuzlab ishchi stansiyalari, o‘nlab serverlar, telekommunikasiyaning turli faol va passiv asbob uskunalari mavjud bo‘lgan yetarlicha murakkab strukturaga ega (7.2-rasm). Korporativ tarmoqdan foydalanuvchilar tarmoqqa viruslarning suqilib kirish fayllari bilan doimo to‘qnashadilar. Internet/intranet korporativ tizimlariga virus xujumlari muntazam bo‘lib turadi, foydalanuvchi ishchi stansiyasining zaharlangan axborot eltuvchisi tomonidan zaharlanishi esa odat tusini olgan. Korporativ tarmoq viruslar va boshqa zarar keltiruvchi dasturlar xujumlariga duchor bo‘lganida tarmoqning virusga qarshi himoyasi ko‘pincha virusga qarshi lokal dasturiy ta’minot yordamida, skanerlash va qator ishchi stansiyalarni davolash bilan tugaydi va himoya ta’minlanadi deb hisoblanadi. Aslida muammoning bunday lokalizasiyalash minimal chora hisoblanadi va korporativ tarmoqning keyingi barqaror ishlashini kafolatlamaydi. Boshqacha aytganda, virusga qarshi lokal echimlarning ishlatilishi korxonani virusdan samarali himoyalash uchun zaruriy, ammo yetarli vosita hisoblanmaydi. Virusga qarshi himoyaning samarali korporativ tizimi - "mijoz-server" texnologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan, tarmoqdagi har qanday shubhali harakatni sezgirlik bilan fahmlab oluvchi, teskari bog‘lanishli moslanuvchan tizimdir. Bunday tizim korporativ tarmoqning ichki strukturasi doirasida viruslarni va boshqa G‘anim dasturlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Virusga qarshi himoyaning samarali korporativ tizimi turli virus xujumlarini-ma’lumlarini, ham noma’lumlarini, ular namoyon bo‘lishining dastlabki bosqichida, aniqlaydi va betaraflashtiradi. Albatta, turli vaziyatlar bo‘lishi mumkin, masalan masofadan 203 foydalanuvchining zaharlangan kompyuterining korporativ serverga ulanishida yoki makroviruslar bo‘lgan WORD yoki Excel faylli disketlardan ish joylarida foydalanishda tarmoq zaharlanishi mumkin. Ammo, sifatli qurilgan virusga qarshi himoyaning korporativ tizimi uchun bu jiddiy emas, chunki, birinchidan, zaharlanishning ko‘rsatilgan holatlar kamdan-kam uchraydi, ikkinchidan, viruslar vaqtida aniqlanadi va betaraflashtiriladi. Natijada ularning ko‘payishiga va korporativ tarmoq doirasida tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ulanadigan ishchi stansiyalari soni oshgan sari korporativ tarmoqning xizmat ko‘rsatish narxi osha boradi. Korporativ tarmoqni viruslardan himoyalash xarajatlari korxona umumiy xarajatlari ro‘yxatida oxirgi bandini egallamaydi. Ushbu xarajatlarni korporativ tarmoqni virusga qarshi himoyalashni vaqtning real masshtabida markazlashtirilgan boshqarish orqali optimallashtirish va kamaytirish mumkin. Bunday echim korxona tarmog‘i ma’murlariga virusni barcha suqilib kirish nuqtalarini boshqarishning yagona konsoli orqali kuzatishga va korporativ tarmoqdagi barcha virusga qarshi vositalarni samarali boshqarishga Internet Internet-serverlar Korporativ-serverlar Ishchi stansiyalar Masofadagi foydalanuvchi Trend VCS Virusga qarshi himoyani boshqarish markazi Windows NT serveri SMTP shlyuzi Firewall-1 Check Point Web - server NetWare - server Linux - server Lotus Notes server Windows Windows Windows Windows NT 7.2–rasm. Korporativ tarmoqning namunaviy arxitekturasi 204 imkon beradi. Virusga qarshi himoyani markazlashtirilgan boshqarish maqsadi juda oddiy – viruslarning barcha suqilib kirish nuqtalarini blokirovka qilish. Quyidagi suqilib kirishlarni va zaxarlanishlarni ko‘rsatish mumkin: - tashuvchi manbalardan (floppi-disklar, kompakt-disklar, Zip, Jazz, Floptical va h.) oxirgi zaharlangan fayllardan foydalanishda ishchi stansiyalarga viruslarning suqilib kirishi; - Internetdan Web yoki FTP orqali olingan lokal ishchi stansiyasida saqlangan zaharlangan tekin dasturiy ta’minot yordamida zaharlanish; - masofadagi yoki mobil foydalanuvchilarning zaharlangan ishchi stansiyalari korporativ tarmoqqa ulanganida viruslarning suqilib kirishi; - korporativ tarmoqqa ulangan masofadagi serverdagi viruslar bilan zaharlanish. - ilovalarida makroviruslar bilan zaharlangan Excel va Word fayllar bo‘lgan elektron pochtaning tarqalishi. Viruslardan va boshqa zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ tizimni qurish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda himoyalanuvchi tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va bir necha virusga qarshi himoya variantlari tanlanadi va asoslanadi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi: - kompyuter tizimi va virusga qarshi himoya vositalarining auditi; - axborot tizimini tekshirish va kartirlash; - viruslarning suqilib kirishi bilan bog‘liq taxdidlarning amalga oshirish ssenariysini taxlillash. Natijada virusga qarshi himoyaning umumiy holati baholanadi. Ikkinchi bosqichda virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi. Bu bosqichda quyidagilar bajariladi: - axborot resurslarini turkumlashning turi; - virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlarni yaratish- vakolatlarni taqsimlash; - virusga qarshi xavfsizlikni tashkiliy-xuquqiy madadlash; 205 - virusga qarshi xavfsizlik instrumentlariga talablarni aniqlash; - virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini hisoblash. Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi. Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini inventarizasiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari tanlanadi. Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ro‘yxati ishlab chiqiladi. Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizligini ta’minlovchi reja ishlab chiqiladi. To‘rtinchi bosqichda virusga qarshi tanlangan va tasdiqlangan xavfsizlik rejasi amalga oshiriladi. Bu bosqichda virusga qarshi vositalar yetkazib beriladi, joriy etiladi va madadlanadi. Natijada korporativ virusga qarshi himoyalashning samarali tizimi yaratilishiga imkon tug‘iladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling