Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik siyosati


Download 148.75 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi148.75 Kb.
#1595723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mustaqil ish KXS


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kiberxavfsizlik siyosati
Mustaqil ish-2


Mavzu: Ochiq va yopiq kodli dasturlarni yozish usullarini tadqiq etish
Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur
Tekshirdi: Seidullayev M.K


Toshkent 2023
REJA:

  1. KIRISH………………………………………………………………………... 3

  2. ASOSIY QISM………………………………………………………………... 4

    1. DASTURLASH HAQIDA TUSHUNCHA………………………………....4

    2. DASTURLASH TILLARI …………………………………………………. 5

2.3 SO`NGI YILLARDAGI MASHHUR DASTURLASH TILLARI……….12

  1. OCHIQ KODLI DASTURIY TA`MINOT………………………………...16

    1. OCHIQ VA YOPIQ KODLI DASTURLAR VA ULARNI YOZISH USULLARI…………………………………………………………………...21

  1. XULOSA……………………………………………………………………...31

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….32



  1. KIRISH.

Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasiga ko’z tashlamaylik, hamma joyda kompyuterlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda amalga oshayotganini ko’rish mumkin. Endi telefon nafaqat so’zlashish qurilmasi, u orqali matnli, audio, videoxabarlarni yuborishdan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish ham mumkin. Zamon talabi o’quvchilarimiz oldiga bu qurilma va texnologiyalardan foydalanishni bilishnigina emas, shuningdek, dasturlash yordamida ularni rivojlantirish, raqamlashtirish vazifalarini ham qo’ymoqda.
Ma’lumki, kompyuter – foydalanuvchi uchun turli masalalarni yechishda eng yaqin yordamchi. Xususan, insonga qulaylik yaratish uchun matn, grafik muharrirlar, taqdimot yaratuvchi dasturlar, elektron jadvallar singari ko’plab amaliy dasturlar ishlab chigilgan. Shuningdek ta’lim, bank ishi, soliq, huquq, tibbiyot sohalari uchun maxsus yozilgan kompyuter dasturlari ham mavjud.
Kompyuterda biror masalani hal qilish uchun, eng avvalo, uning modeli va algoritmituziladi, so’ngra bu algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar negizida kompyuter tushunadigan ko’rsatma va buyruqlarga aylantiriladi va o’ziga xos alifbo yordamida yoziladi. Yaratilgan matn kompyuter tilida yozilgan dastur deb ataladi. Kompyuter dasturi – har qanday masalani yechish uchun kompyuter bajarishi lozim bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibi. Kompyuter uchun yozilgan dastur chet tiliga o’xshaydi, istagan odam uni tez vaqtda o’rganib olishi mumkin. Faraz qiling, atrofingizdagi deyarli barcha uskuna-yu qurilmalar kompyuter dasturlari orqali boshqariladi, ya’ni bu qurilmalar dasturchi tomonidan ketma-ketlikda yozilgan ko’rsatmalarga amal qiladi. Masalan, kompyuter ilovalari – hujjat yaratish, qo’shiq tinglash, video ko’rish, internetga bog’lanish kabilar – aslida dasturchilar tomonidan yozilgan va kompyuter amal qiladigan dasturlardir.


  1. Download 148.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling