Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter tashkil etilishi
Download 20.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqKTE fanidan amaliy topshiriq 10ta j
trigger, summator hisoblanadi.Kompyuterlarning mantiq elemenlari AND, OR, NOT, AND-NOT, OR-NOT va shuningdek trigger, summator hisoblanadi.Bu sxemalar yordamida kompyuter qurilmalarining ishlashini tavsiflovchi har qanday mantiqiy funksiyani amalga oshirish mumkin.Odatda yuqori daraja "true" ("1") qiymatiga, "false" ("0") qiymatiga past darajaga to'g'ri keladi. Har bir mantiqiy element o'zining mantiqiy funksiyasini ifoda etuvchi o’z belgisiga ega. AND (konyunktor) Mantiqiy ko'paytirishni bajaradigan mantiqiy element deyiladi..
5.Kompyuterlarning “Buyruqlar tizimi” deyilganda, ushbu kompyuter bajaradigan barcha buyruqlar to`plami (ro`yxati) tushuniladi.O'z navbatida, buyruqlar tizimi arxitekturasida dasturchiga ko'rinadigan va kirish mumkin bo'lgan kompyuter vositalarini aniqlash qabul qilingan; Buyruqlar tizimi arxitekturasi dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilarning ehtiyojlarini kompyuter texnikasini yaratuvchilarining imkoniyatlari bilan taqqoslash liniyasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. 6.Kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib о‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib о‘rganiladi. Bunday bо‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki kо‘p xollarda alohida olingan masala yechimni ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bо‘lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.Tashqi qurilmalar, qoida bо‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mо‘ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi о‘tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yо‘qdek kо‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida kо‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida kо‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak. Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi о‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat kо‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va о‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bо‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni о‘zaro aloqada bо‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bо‘lgan hisoblash tizimi kо‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi. 7.Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega. Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi. Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi. 8.Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin: – super kompyuterlar (Super Computer); – blok kompyuterlar (Manframe Computer); – mini kompyuterlar (Minicomputer); – shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); – bloknot(noutbook) kompyuterlar. 9. Ko‘p mashinali hisoblash tizimi – LAN tarmog’ida bitta tizim ichida bir nechta kompyuterlarning o’zaro bog’lanib birga ishlashi tushiniladi. Markaziy dasturiy ta’minot orqali har bir kompyuterga vazifa rejalashtiriladi,yuklanadi va nazorat qilinadi. Bunday tizimlardan maqsad og’ir vazifalarni bajarish uchun yuqori ishlash ko’rsatgichiga erish,ortiqcha xarajatni oldini olish,yuqori tezlikga erishish va x.k. Ko‘p processorli hisoblash tizimi–ikki yoki undan ko’p bo’lgan markaziy boshqaruv blogi (CPU)dan tashkil topgan bitta kompyuter tizimi tushuniladi. Ikki xil turdagi ko‘p processorli hisoblash tizimlar mavjud:umumiy xotirali va taqsimlangan xotirali. 10. Parallel ishlov berish – umumiy vazifani alohida qismlarini bajarish uchun ikki yoki undan ko’p protsessor bilan ishlashni usuli.Bunda ko’p protsessorlar orasida bitta vazifani turli qismlarga bo’lish orqali dasturni ishga tushirish vaqtini kamaytiradi. Download 20.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling