Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
O`zbekiston Respublikasi aloqa
tarmoqlaridagi dolzarb muammolardan biri bu kirish tarmoqlarini hozirgi kunda
talab qilinayotgan xizmatlarni ko`rsata oladigan texnologiyalar bilan jihozlashdir.
Bu sohada asosan ikkita katta yo`nalishda ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi
yo`nalish simli aloqa jihozlari bilan kirish tarmoqlarini rivojlantirish bo`lsa,
ikkinchi yo`nalish esa mobil aloqa tarmoqlarida 4G avlodining tarmoq qurish
texnologiyasi LTE ni tadbiq etishdir.
Ammo bizga ma`lumki, simli aloqa vositalari statsionar bo`lmagan
foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababli simsiz aloqa
yo`nalishiga ham katta e`tibor bergan holda mobil aloqa operatorlariga o`zlarining
tarmoqlarini ichki va tashqi imkoniyatlaridan foydalangan holda qurishga keng
yo`l ochib berilgan. Buning natijasida, hozirda bir qancha o`zaro raqobatdosh
mobil aloqa kompaniyalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu mobil aloqa
operatorlari orasidagi raqobat tufayli ko`rsatilayotgan xizmatlar narxi tushib,
ularning turi ko`paymoqda.
Xizmatlar turini ko`paytirish uchun albatta tarmoqni yangi texnologiyalar
bilan jihozlash kerak.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Mobil aloqa tarmoqlarida kirish
tarmog`ining yangi texnologiyalaridan biri bo`lgan LTE texnologiyasi arxitekturasi
va ushbu texnologiya asosida kirish tarmog`ini loyihalashtirish muammolarini
o`rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |