HSS abonent ma`lumotlari serverida P-GW paketli shlyuzida identifikatsiya
registri (Equipment Identity Register — EIR) yordamida bajariladi va mobil
terminal qurilmasining haqiqiyligini tekshirish uchun mo`ljallangan. Mobil
terminalning tarmoqqa haqiqiyligini tekshirish o`g`irlangan yoki kamchiligi bor
mobil terminalni ishlatilishiga yo`l qo`ymaydi. Mobil terminal identifikatsiyasi
EIR identifikatsiya registriga mobil terminalning xalqaro identifikatori IMEI ni
uning haqiqiyligini tekshirish uchun yuborish va undan so`ng, EIR registri javobini
kerakli ish (masalan, agar EIR mobil terminalning “qora ro`yxat” da borligini
aniqlasa “ulanishni uzish” komandasini uzatish) ni bajarish uchun tahlil qilish yo`li
lozim. Mobil terminal identifikatsiyasi tarmoq mobil terminaldan ulanish Initial
Attach (Initial Attach so`rovi xendover protsedurasi bilan bog`liq bo`lgan hol
bundan mustasnodir) uchun so`rov olganda hamda E-UTRAN tarmog`ida mobil
terminal turgan joy haqidagi ma`lumot yangilanish (Tracking Area Update —
TAU) protsedurasi ishlaganda, agar bungacha mobil terminal UTRAN/GERAN
tarmog`ida bo`lgan bo`lsa va unga oldin xizmat ko`rsatgan SGSN tuguni mobil
terminal identifikatsiyasi haqidagi ma`lumotni taqdim etmagan bo`lsa, xududiy
tarmoq EIR registri tomonidan amalga oshiriladi.
Mobil terminal UE haqiqiyligini tekshirish protsedurasi
1.4- rasmda ko`rsatilgan.
1.4- rasm mobil terminal haqiqiyligini tekshirish protsedurasi
Do'stlaringiz bilan baham: