Tarmoq tugunlarini tanlash funktsiyasi. Bu funktsiya quyidagi xususiy
funktsiyalarni o`z ichiga oladi: P-GW shlyuzini tanlash funktsiyasi; S-GW xizmat
ko`rsatuvchi shlyuzini tanlash funktsiyasi; MMe modulini tanlash funktsiyasi;
SGSN tarmoq tugunini tanlash funktsiyasi va PCRF funktsional elementini tanlash
funktsiyasi.
SAE tarmog`ining IP-protokolini ishlatish bilan bog`liq bo`lgan
funktsiyalari. Bu funktsiya quyidagi xususiy funktsiyalarni o`z ichiga oladi.
Domen nomlari funktsiyasi (Domain Name System — DNS) RFC 1034
spetsifikatsiyasida tavsiflangan, u P-GW shlyuzi mantiqiy nomi va uning IP-adresi
orasida muvofiqlik o`rnatish imkonini beradi.
Xostlarni dinamik konfiguratsiya qilish funktsiyasi (Dynamic Host
Configuration Function — DHCP) mobil terminalga dinamik IP-adres ajratish
berish imkonini beradi. Bu funktsiyalarning imkoniyatlari RFC 2131, RFC 3736,
RFC 3633 i RFC 4039 spetsifikatsiyalarida batafsil yoritilgan.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |