Mobillikni cheklash funktsiyasi terminal mobilligini cheklash imkonini
beradi va LTE tarmog`i quyidagi elementlarida bajariladi: mobil terminallarda, E-
UTRAN radiokirish tarmog`ida va SAE birlamchi tarmog`ida.
eSM- IDLE rejimida bo`lgan abonent terminali mobilligini cheklash SAE
birlamchi tarmog`idan olingan ma`lumot asosida mobil terminalda amalga
oshiriladi. ECM-CONNECTED rejimida bo`lgan abonent terminali mobilligini
cheklash E-UTRAN radiokirish tarmog`ida va SAE birlamchi tarmog`ida
xendoverni cheklash ro`yxati (Handover Restriction List — HRL) asosida amalga
oshiriladi.
IMS nimtizimi multimedia so`zlashuv xizmatlarini qo`llab quvvatlash
indikatsiya funktsiyasi mobil aloqa tarmog`ida bajariladi va IMS tizimi yordamida
nutqni paketli uzatishni qo`llab quvvatlovchi identifikatorni mobil terminalga
uzatish imkonini beradi. Ushbu identifikator mobil terminal LTE tarmog`iga
ulanish
protsedurasi
bajarilayotgan
jarayonda
yoki
TAU
protsedurasi
bajarilayotgan jarayonda uzatiladi. LTE xizmat ko`rsatuvchi tarmog`i bu
indikatsiyani tarmoq siyosati hamda so`zlashuv chaqiriqlarini tashkil etishni
qo`llovchi sxema (Single Radio Voice Call Continuity — SRVCC) asosida taqdim
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |