Tarmoqni boshqarish funktsiyasi. Bu funktsiya tarmoqni ekspluatatsiya
qilishni qo`llovchi tizim (OAM&R) tomonidan bajariladi va o`z ichiga bir qancha
xususiy funktsiyalarni oladi.
MMe modullari orasida yuklamani taqsimlash funktsiyasi abonent
terminalini boshqarishni bir MMe modulidan boshqasiga modullar orasida
yuklamani taqsimlash uchun qayta yo`naltirish imkoniyatini ta`minlaydi. Bunga
bazaviy stantsiyaning MMe modulini tanlash ehtimolligiga proportsional bo`lgan,
har bir MMe moduli uchun yuklamani taqsimlashning og`irlik koeffitsienti (weight
factors) ni o`rnatish orqali erishiladi. Og`irlik koeffitsienti MMe moduli ishlash
tezligini hisobga olgan holda o`rnatiladi va bazaviy stantsiyaga S1 interfeysi orqali
MMe moduli bilan xizmat xabarlari almashish yo`li bilan (TS 36.413 texnik
spetsifikatsiyasiga muvofiq) uzatiladi. Agar tarmoqda shaxsiy (uy) bazaviy
stantsiyasini qo`llovchi shlyuz HeNB GW ishlatilayotgan bo`lsa, u holda og`irlik
koeffitsienti MMe modulidan ushbu shlyuzga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |