Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali tt va kt fakulteti tt-12-22 guruh talabasi Qurbonturdiyeva Zuxraning Akademik yozuv fanidan 1- mustaqil ishi Bajardi: Qurbonturdiyeva Zuxra Qabul qildi : Yuldasheva Ra`no


Yoshlar tarbiyasi — vatan taqdiri


Download 290.6 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi290.6 Kb.
#1320367
1   2   3   4   5
Bog'liq
hn

Yoshlar tarbiyasi — vatan taqdiri Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirdagi nutqida buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlarini bejiz eslatmadi. Eramizdan avval aytilgan bu fikr taʼlim va tarbiya masalasi hamisha, eng qadimgi davrlardan boshlaboq, dolzarb ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi. Rivojlangan davlatlar aynan ilm-fan va taʼlimga katta eʼtibor berilgani tufayli ham taraqqiyot va farovonlikka erishgan. Mazkur hayotiy haqiqat necha martalab isbotlangan. Yana bir yorqin misol tariqasida Gumboldt islohotini keltirish mumkin. U tarixda insoniyatga taʼlimning yangi modelini tuhfa qilgan eng samarali, natijador islohotlardan biri sifatida qolgan. Muallifi — Prussiyaning taʼlim vaziri Vilgelm fon Gumboldt uni XIX asr boshida joriy qilgan edi.

Taqriznavislik rivojiga bir nazar Adabiy jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar koʻpincha “Kitobingizni oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda” ruknlari, baʼzan esa toʻgʻridan toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan koʻra, yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda.


Download 290.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling